Qutlov

2020-02-01T05:16:29+05:001 February, 2020|Qutlovlar|

Bugun, 1 fevralda O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Buxoro viloyati bo’limi raisi Baxtiyor Asadov tug’ilgan kunini nishonlamoqda.

Baxtiyor To’xtayevich mohir jurnalist, tashkilotchi, samimiy inson va mehribon oila boshlig’i. U bir necha yillarki, uyushmaning Buxoro viloyati bo’limiga rahbarlik qilib, viloyat jurnalistikasi rivojiga hissa qo’shib kelmoqda.

O’zbekiston Jurnalistlari ijodity uyushmasi Baxtiyor Asadovni tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etadi va unga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy farovonlik, ijodiy yutuqlar tilaydi.