Qutlov

2020-02-01T05:05:02+05:001 February, 2020|Qutlovlar|

Bugun.1 fevral “Guliston” jurnali bosh muharriri, O’zbekistonda xzmat ko’rsatgan jurnalist taniqli adib Mamatqul Xazratqulov tavallud topgan kun(1947 yil).

Mamatqul Hazratqulov 1965 yildan buyon o’zbek jurnalistikasida. . U hayot yo’li davomida «O’zbekiston madaniyati» gazetasi nashriyotida, «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligi ijodiy faoliyat olib bordi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida maslahatchi va boshqa mas’ul lavozimlarda ishladi Ko’p yillar O’zbekiston Milliy axborot agentligini boshqardi.

M.Xazratqulov bir qator hikoya va qissalar to’plamlari muallifi.Asarlari rus, tatar, ozarbayjon, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.Tarjimon sifatida u L. Tolstoy, V. Shukshin kabi rus adiblari, shuningdek, ozarbayjon, tojik, tatar va yapon yozuvchilarining hikoya va qissalarini o’zbek tiliga o’girgan.

O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi usoz jurnalistni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etadi va unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va ijodiy yutuqlar tilaydi.