Qutlov

2020-01-29T13:14:33+05:0027 January, 2020|Qutlovlar|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi taniqli jurnalist, istedodli shoir Islom Hamroni tug‘ilgan kuni munosabati bilan muborakbod etadi.

Islom Hamro 1966 yil 26 yanvarda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Islom Hamro uzoq yillar davomida respublika matbuotida faoliyat olib bordi. Shuningdek, u O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida xizmat qilib, telejurnalist sifatida ham tanilgan.

O‘quvchilar Islom Hamroni istedodli shoir sifatida ham bilishadi, uning o‘ziga xos she’rlari, publitsistik materiallarini alohida e’tirof etishadi.

Uning “Shoir bo‘ldik sendan ayrilib”, “Jahongirning qaytishi”, “Tazarru saltanati”, “Bag‘ributunlik”, “Go‘ro‘g‘lining o‘limi” kabi ko‘plab kitoblari chop etilgan.

Hozirgi kunda “Adolat” gazetasida bosh muharrir sifatida faoliyat yuritmoqda.