Yangi O‘zbekiston – yangicha ijodiy yondoshuvlar

2020-01-27T06:52:12+05:0027 January, 2020|Sirdaryo vil.|

2020 yilning 25 yanvar kuni Guliston davlat universitetining katta majlislar zalida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va uyushmaning Sirdaryo viloyat bo‘limi tomonidan “Yangi O‘zbekiston – yangicha ijodiy yondoshuvlar” mavzusida anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakim Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga murojaatnomasidagi “Men professional jurnalistlarni hurmat qilaman, qo‘llab – quvvatlayman” – degan so‘zlari professional jurnalistlarimizga katta ishonchini ko‘rsatib turganini va har bir jurnalistga kuch – quvvat bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidladi.

Tadbir doirasida viloyatning o‘nga yaqin faol jurnalist va blogerlari uyushmamizning faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, Guliston davalat universitetining “Universitet ovozi” gazetasining 20 yilligi va uyushmaning Sirdaryo viloyat bo‘limi raisi Boyjigit Abdullayevning 70 yillik yubileyi nishonlandi.