Har kuni izlanaylik, yangiliklar yarataylik!

2020-01-25T07:19:02+05:0025 January, 2020|Umumiy yangiliklar|

Davlat organlari faoliyati hamda amalga oshirilayotgan islohotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Prezidentimiz “Bugungi kun talabi har kuni izlanish, yangilik yaratishdir” deb bejiz aytmadi.

Prezidentimiz shuningdek, “Ko‘p odamlarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin ular menga yoqadi” deganida ham hikmat bor. Chunki matbuot donishmandlarimizdan biri aytganidek, jamiyatning malohatini ham, qabohatini ham birdek yoritadi. Shu ma’noda Murojaatnomada o‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash, OAVni har tomonlama rivojlantirish, jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishi va ijod qilishlari uchun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratilganligi alohida ta’kidlandi. Jumladan, Prezidentimiz shunday dedi:

Joylardagi muammo va kamchiliklarni ro‘y-rost ochib berish, ularni haqqoniy yoritilishlarida men professional jurnalistlarni hamisha va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.

Davlatimiz rahbarining bu so‘zlari biz jurnalistlarga yangidan-yangi mavzularni ko‘tarib chiqishda dalda bo‘ladi.

Sherjon MAShARIPOV,

“Xiva tongi” gazetasi muharriri

O‘zA