Prezident: sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson, O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak

2020-01-24T11:06:01+05:0024 January, 2020|Umumiy yangiliklar|

Prezidentimiz parlamentga Murojaatnomasi:

“O‘tgan 3 yilda 1 ming 989 nafar, 2019 yilning o‘zida 859 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Shuningdek, 2019 yilda 3 ming 81 nafar shaxs sud zalidan ozod qilingan bo‘lsa, 2 ming 623 nafar fuqaroga asossiz qo‘yilgan moddalar, ayblovdan chiqarildi va o‘zgartirildi.

Endi sud orqali insonlarning huquqi tiklanganini e’tirof etish bilan cheklanib qolmasdan, nima sababdan sudgacha bo‘lgan tergov jarayonida, inson huquq va erkinliklari buzilgan, degan savolni ham ko‘ndalang qo‘yadigan, tazyiqlar uchun javob beradigan vaqt keldi.

Eski tuzumdan qolgan va hanuz davom etayotgan sud qarorlarini prokuratura tomonidan chaq́irib olib, o‘rganish amaliyotini cheklash lozim.

Endi faqat ish yuzasidan shikoyat kelib tushgan holdagina, prokuror sud qarorini olib o‘rganishi mumkin. Sud raislari tomonidan sudyalarning faoliyatini baholash va ularga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atish bo‘yicha vakolatlarni qayta ko‘rib chiqish kerak.

Davlat idoralari mansabdorlari shuni chuqur anglab olsinlar: sudlar mustaqilligini ta’minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq nazoratida bo‘ladi.

Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson, O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak – deb aytdi.

O‘zA