Prezident: 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog‘liq, uzoq yillardan buyon echilmay kelayotgan muammolari hal etiladi

2020-01-24T10:55:46+05:0024 January, 2020|Umumiy yangiliklar|

Prezidentimiz parlamentga Murojaatnomasida shu muammoga alohida to‘xtaldi.
“Fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlash borasida, navbatdagi muhim qadam qo‘yish zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan, lekin O‘zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘la olmayotgan, minglab yurtdoshlarimizning ana shu muammosini qonuniy hal qilish bo‘yicha, tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish vaqti keldi, deb o‘ylayman.
Xususan, 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darkor.
Bu orqali 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog‘liq, uzoq yillardan buyon echilmay kelayotgan muammolari hal etiladi, dedi Prezident.

O‘zA