Shavkat Mirziyoev: «Ko‘p odamlarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin menga ular yoqadi»

2020-01-20T08:42:39+05:0020 January, 2020|Umumiy yangiliklar|

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda va nutq so‘zlamoqda.

«Deputatlar va parlament a’zolari ko‘proq kitob o‘qishi kerak. Deputatning bilimsizligi qonun tashabbuskori uchun ma’qul vaziyat. Ma’qul ularga, bilib qo‘yinglar.

O‘zimizning va xorijiy OAVga rahmat. Saylov jarayonlarida juda faol bo‘lishdi. Mana debatlar vaqtida ko‘rdingizlar jurnalistlar tomonidan partiya vakillariga qanday keskin, muammoli savollar berilganini. Hozir OAV vakillari ham o‘z ustida ishlayapti, ular o‘zgaryapti. Men barcha jurnalistlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman mana shu faollik uchun.

Ko‘p odamlarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin ular menga yoqadi», – dedi Shavkat Mirziyoev