Hamkasblarimizni qutlaymiz!

2020-01-20T07:41:46+05:0020 January, 2020|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yhatga olindi. Senat a’zolarining 13 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 yanvardagi farmoniga asosan tayinlandi.

Oliy Majlisning yangi Senatidan bir qator jurnalist va ijodkorlar o‘rin olgani quvonarli. Ular O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Saidov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Xojimatov, “Qoraqalpog‘iston adabiyoti” gazetasi muharriri Guliston Annaqilicheva, «Namangan haqiqati» gazetasi bosh muharriri Mahmudjon Parpiyev, «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari bosh muharriri Farmon Toshev, “Parkent tongi” gazetasi bosh muharriri Mahmud Toirov hamda Sirdaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Farhod Boqiyevlardir.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi ularni tabriklab, xalqimiz farovonligi va mustaqil Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.