“Ovozi Samarqand” gazetasi 30 yoshda

2020-01-15T11:43:31+05:0015 January, 2020|Umumiy yangiliklar|

Samarqand davlat universitetida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi va viloyat hokimligining nashri – “Ovozi Samarqand” gazetasi chop etila boshlaganining 30 yilligi munosabati bilan ijodiy kecha o‘tkazildi.

Anjumanda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, viloyat faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ziyolilar, gazetaning doimiy hamkorlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Erkin Turdimov anjuman ishtirokchilarini ushbu ayyom bilan qutlar ekan, odamlarga yangilik, ma’naviyat, mehr ulashayotgan gazeta faoliyatiga omad tiladi va hokimlik bosma nashrlarni doima qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

O‘zbekiston Qahramoni H.Normurodov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari X.Salimov, Respublika “Ovozi tojik” gazetasi bosh muharriri Sh.Vakilov gazeta xususidagi fikrlarini bildirdilar.

Gulruh MO‘MINOVA.