Qutlov

2020-01-15T09:56:52+05:0015 January, 2020|Qutlovlar|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi taniqli jurnalist Yorqul Umarovni 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan muborakbod etadi.

Yorqul Umarov 1950 yil 15 yanvarda Navoiy viloyati, Navbahor tumanida tug‘ilgan. Ma’luomti oliy, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakulьtetini tamomlagan. Ish faoliyatini O‘zbekiston televidenie va radioeshittirish davlat qo‘mitasining qozoq tahririyatida boshlagan.

Yorqul aka uzoq yillar davomida respublika va Buxoro, Navoiy viloyatlari radiokanallarida faoliyat olib bordi. 1982 yil Navoiy viloyat teleradio qo‘mitasi bosh muharriri, 1992 yilida esa viloyat teleradiokompaniyasi raisi etib tayinladi. Shuningdek, uzoq yillar O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Navoiy viloyati bo‘yicha maxsus muxbiri bo‘lib ishladi.

Yorqul Umarov 2004-2019 yillar mobaynida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Navoiy viloyati bo‘limiga rahbarlik qildi.