Qutlov

2020-01-08T07:18:22+05:008 January, 2020|Qutlovlar, Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi O‘zbekiston jurnalistlari kasb etikasi bo‘yicha jamoatchilik kengashi raisi, atoqli yozuvchi va jurnalist, filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammadni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Xurshid Do‘stmuhammad 1951 yili Toshkentda tug‘ildi. ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston “Fan” nashriyotida boshladi. “Fan va turmush” jurnalida, “Qishloq hayoti” gazetasida ishladi. 1986 yildan “Yosh kuch” jurnalida bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir, “Hurriyat” gazetasida bosh muharrir, “O‘zbekiston matbuoti” jurnalida bosh muharrir, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlash va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasida hamrais sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

Shu kunga qadar, filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammad O‘zbekiston Jahon tillari universitetida talabalarga soboq berib kelmoqda.

X.Do‘stmuhammad 2019 yil 22 dekabrdagi saylovda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputat sifatida saylandi.