«Kitob dunyosi» gazetasi Abduvali Qutbiddin nomidagi mukofot uchun tanlov e’lon qildi

2019-12-25T12:04:22+05:0025 December, 2019|Umumiy yangiliklar|

«Kitob dunyosi» gazetasi tashabbusi bilan tahririyat respublikamiz va chet ellik ijodkorlarni rag‘batlantirish, kitob va ma’naviyat targ‘ibotini yanada rivojlantirish va keng targ‘ib etish maqsadida shoir Abduvali Qutbiddin nomidagi mukofot uchun tanlov e’lon qiladi.

Ushbu tanlovda, shoir va yozuvchilar o‘z mualliflik asarlari bilan qatnashishlari mumkin. Unda nafaqat mamlakatimiz ijodkorlari, balki xorijda qalam tebratayotgan vatandoshlarimiz hamda chet ellik mualliflar ham o‘z ijod namunalarini taqdim etishlari mumkin.

Yil davomida Siz jo‘natgan ijodiy ishlarni e’lon qilib, gazetaning so‘nggi sonida g‘oliblarni aniqlaymiz.

Tanlov g‘oliblari «Kitob dunyosi» gazetasi tomonidan shoirning surati tushirilgan statuyetka, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanadi.