Farroshga salom bering…

2019-12-24T11:34:13+05:0024 December, 2019|Hafta maqolasi|

Ular quyosh ufqdan bosh ko‘tarmasdan ishga otlanishadi. Kunning sovug‘i, yozning jaziramasi go‘yo ularga tahdid qilmayotgandek. Qo‘liga supurgini olib, ko‘chalarni tozalaydi, chiqindilarni yig‘ishtiradi. Ishga hammadan barvaqt kelib, uyga hammadan kech qaytadi.

Biz hikoya qilayotgan ozodalik posbonlari – obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari qalbidagi muhabbat, kasbiga fidoyilik tufayli bu ishlarni vijdonan bajarishadi. Ular bilan suhbat qilishga harakat qildik. Ammo kamsuqum, o‘z ishining fidoyilari gaplashib vaqt o‘tkazgandan ko‘ra, ishimni tezroq bitiray, deydiganlardan ekan. Izg‘iringa qaramay, ko‘cha bo‘ylaridagi xazonrezgilarni tozalab, atrofni saranjom qilib qo‘yadi.

– 12 yildan beri temiryo‘l atrofidagi ariqlarni tozalayman, – deydi Aslam Nurullayev. – Ayolim bilan birga ishlaymiz. U ko‘chalarni supuradi. Erta tongda odamlar hali ko‘chaga chiqmasidan tozalash ishlarini boshlaymiz. Ertalab soat oltidan kech soat oltigacha ko‘chalarning ozodaligiga mas’ulmiz. Tozalik ostonadan boshlanadi, deyishadi. Vokzal mehmonlarning ilk bor nazari tushadigan ostona. Bu yerning obodligi bizning yuzimiz. Afsuski, ayrimlar tozalovchi kishilar bor-ku, oylik olib yotishibdi, tozalashadi-da, deydi. To‘g‘ri, bu bizning kundalik vazifamiz. Shaharga chiqindi qutilarning o‘rnatilgani birmuncha ishimizni yengillashtiryapti. Ammo ayrimlar yonida chiqindi qutisi turib, sal beriroqqa tashlaydi. Axir odamlarda ham ozodalik bo‘yicha madaniyat shakllanishi lozim-ku. Bizni ranjitayotgani daraxtlar, reklama bannerlarining ustunlariga qo‘shtirnoq ichidagi tardbirkorlar tomonidan reklamalarni ilinayotgani. Biz ularni tozalab chiqamiz, kechasi yana yopishtirib ketishadi. Axir Samarqandning ozodaligi uchun barchamiz mas’ulmiz-ku!

Soat 10.00. O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi atrofi. Bir guruh xodimlar chiqindi tashuvchi mashinaga xazonlarni ortmoqda.

Qorasuv massivida yashovchi farrosh opa Farida Soatovani suhbatga tortamiz.

– «Povorot»dan Samarqand qishloq xo‘jaligi institutigacha bo‘lgan hududda ko‘pchilik bizni taniydi, – deydi Farida opa. – 8 yildan beri shu hududda ishlayman. Bizning ishimizni ko‘pchilik parda ortidan gapirishadi. Lekin halol mehnat qilib, pul topyapmiz. Ro‘zg‘or tebratyapmiz, boriga shukur qilyapmiz. Erta tongda hech ko‘cha bo‘ylarini kuzatganmisiz? Tushdan so‘ng hamma joyni yig‘ishtirib, tozalab ketamiz. Ertalab esa maysalarda chiqindilar, bakalashkalar, bekatlar atrofidagi tartibsiz holatni ko‘ramiz. Odamlar hali ishga otlanmasdan, shaharning xunuk manzarasini tozalaymiz.

Bugun Samarqand shahrida 1300 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlari faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2019 yilning 4 iyun kuni «Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan obodonlashtirish xodimlariga bir qator ustamalar to‘lanadi. Jumladan, obodonlashtirish bo‘linmalari xodimlariga ovqatlanish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya belgilanadi. Bu ham soha xodimlariga ko‘rsatilgan e’tibordir.

– 2019 yilda obodonlashtirish xodimlari o‘rtacha 700 ming so‘mdan ziyod oylik ish haqi olgan bo‘lsa, 2020 yil yanvardan ovqat puli va 15 foizlik ustama bilan ularning oyligi 1 million 200 ming so‘mdan oshadi, – deydi Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xodimi Shohruz Nurullayev. – Shuningdek, xodimlar bayramlarda, har chorakda ham moddiy rag‘batlantiriladi. Bugungi kunda boshqarma xodimlari tomonidan shaharning Bog‘ibaland, Temiryo‘l, Siyob, Bog‘ishamol va Qorasuv hududlari obodonlashtirilmoqda. Ishchilarning aksariyati Jomboy tumanidan. Ularni olib borish va olib kelish uchun avtobus tashkil etilgan. Bu yil Germaniya davlatidan 7 ta supurish-sidirish va beton qoplamalarini tozalash maxsus texnikasini hamda yo‘llarga chiziqlar chizish uchun Rossiyadan 2 ta texnika olib keldik. Hozirda 100 dan ortiq maxsus texnikadan obodonlashtirish ishlarida foydalanilyapti. 2020 yilda maxsus texnikalarimiz sonini 158 taga yetkazish rejalashtirilgan. Bu ham xodimlarning mehnatini yengil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Obodonlashtirish xodimlari bilan suhbatlashib, ularning bir kunlik mehnati qanchalik og‘ir ekanligiga guvoh bo‘ldik. Qishning izg‘irin kunida ham ko‘chalarni supurishdan, xazonlarni tozalashdan charchamagan opalarimizning fidoyiligi tahsinga sazovor. Aslida shahrimizni toza va ozoda saqlash barchamizning burchimiz. Ammo kechki payt bekatdagi manzarani ko‘rib, bu burchni unutayotganlar hamda munis opajonlar mehnatini qadrlamayotganlar ko‘pligiga achindim.

Qarang, tong saharda bir ayol ko‘cha supuryapti, sizning yo‘lingizni tozalayapti. To‘xtang, unga salom bering, iloji bo‘lsa, «Hormang opa», deb qo‘ying.

Nasiba JONTO‘RAYeVA,

jurnalist Samarqand shahri.

Ikkinchi maqola

B. Abdulloyev, [24.12.19 15:24]

Obodonlashtirish xodimlari bilan suhbatlashib, ularning bir kunlik mehnati qanchalik og‘ir ekanligiga guvoh bo‘ldik. Qishning izg‘irin kunida ham ko‘chalarni supurishdan, xazonlarni tozalashdan charchamagan opalarimizning fidoyiligi tahsinga sazovor. Aslida shahrimizni toza va ozoda saqlash barchamizning burchimiz. Ammo kechki payt bekatdagi manzarani ko‘rib, bu burchni unutayotganlar hamda munis opajonlar mehnatini qadrlamayotganlar ko‘pligiga achindim.

Qarang, tong saharda bir ayol ko‘cha supuryapti, sizning yo‘lingizni tozalayapti. To‘xtang, unga salom bering, iloji bo‘lsa, «Hormang opa», deb qo‘ying.

Nasiba JONTO‘RAYeVA.

B. Abdulloyev, [24.12.19 15:25]

Hamkasbni yod etib

 

Tohir Karimov kim bo‘lgan?

Tohir Karimov (1909 – 1979 y.) ibratli umrining so‘nggi yigirma yilini «Zarafshon» gazetasi faoliyati bilan bog‘lagan edi. Tohir akani faqat ona shahri – Kattaqo‘rg‘onda emas, balki Xatirchi, Narpay, Ishtixon, Paxtachida ham ko‘pchilik bilar, to‘g‘riso‘z, g‘oyat samimiy, dilkash inson sifatida izzat qilishardi. Boisi T.Karimov chuqur mushohadali, tiniq fikrli, yumshoq tabiatli, iste’dodli jurnalist edi.

T.Karimov o‘z xabar, maqolalarining qahramonlari bilan yaqindan, yuzma-yuz tanishar, dalilu raqamlarni ipidan ignasigacha o‘rganib, tafsilotlarni asil holicha qog‘ozga tushirardi. Sim orqali dalil oluvchilarni “havodan olib yozuvchilar”deb atar edi.

Tohir Karimov o‘tgan asrning 20-yillarida Kattaqo‘rg‘on ziyokor yoshlari safiga qo‘shilgan. Samarqand va Buxoro shaharlarida chop etilgan gazetalarda ilk xabarlari bilan tanilgan. O‘sha yillari ilk tomoshalarini ko‘rsata bosh­lagan Kattaqo‘rg‘ondagi “Ko‘k ko‘ylakchilar” drama truppasining ham faol ishtirokchisi edi. Umar Rahimov, Bahri Jalilov kabi o‘nlab san’atsevar do‘stlari qatori rollar ijro etgan. Havaskorlar jamoasining rahbari, rejissyor, dramaturg, hajv ustasi Abdulhamid Majidiyning nazari tushgan iste’dodli yoshlardan biri bo‘lgan. 1931 yilning sentyabr oyida “Kattaqo‘rg‘on haqiqati” gazetasi chiqa boshladi. Tohir Karimov ana shu gazetaning tashkilotchilaridan va qaldirg‘och muxbirlaridan biri bo‘ldi. Kattaqo‘rg‘on shahridagi pedagogika bilim yurti 30-yillarda o‘nlab iste’dodli qalamkashlarni voyaga yetkazdi. Jumladan, shu bilim maskanida tahsil ko‘rgan Xolbek Yodgorov, Soli Otajonov, Qobiljon Uzoqov, Ahmad Ismoilovlar keyinchalik o‘zbek matbuotining faxrlanishga arzigulik vakillari sifatida nazarga tushishdi. Ularning yetuklik darajasiga ko‘tarilishlarida Tohir Karimovning maslahatlari, qolaversa, beg‘araz yordami asqotgan.

Ikkinchi jahon urushi boshlangach, Tohir Karimov ixtiyoriy ravishda jangga otlandi. Janggohlarda qurolu qalam bilan shijoat ko‘rsatdi. 1943 yil oxirida og‘ir yaralanib qaytgach, “Kattaqo‘rg‘on haqiqati”, “Oktyabr uchquni” gazetalarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, muharrirlik vazifalarida halol, vij­donan xizmat qildi. Pishiq, mazmundor, dalillarga boy xabar, maqola, feletonlari respublika gazeta, jurnallarida yoritilib, viloyat radiosida eshittirib turilardi. Tohir Karimov besh farzandini elga qo‘shdi. Ularni mehnatga, ona zaminga, oilaga sadoqat ruhida voyaga yetkazdi. Farzandlari ota ishonchini oqlashdi. Tohir akaning o‘g‘il-qizlari, nevaralari ayni kunda turli jabhalarda halol, fidokorona mehnat qilishayotir. 1956 yildan umrining so‘nggi damlarigacha viloyatimizning bosh nashri – “Zarafshon” gazetasi ijodkorlari safida xizmat qilgan Tohir aka Karimov o‘zining qadrdon do‘stlari, taniqli jurnalistlar Fayzullo Nurullayev, Yazdon Xudoyqulov, Rahimjon Sattorov bilan mudom hamkor, hamnafas bo‘ldi, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni oldi. Agar hayot bo‘lganida Tohir Karimov 110 yoshga to‘lar edi.

Abduaziz HOSHIMOV.