Pokistonning “Daily Ittehad” gazetasi maxsus soni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan parlament saylovlariga bag‘ishlandi

2019-12-18T12:37:42+05:0018 December, 2019|Umumiy yangiliklar|

Joriy yil 17 dekabr kuni Pokistonning eng ommabop kundalik nashrlaridan biri “Daily Ittehad” gazetasi O‘zbekistondagi parlament saylovlariga bag‘ishlab maxsus son chop etdi.

Maxsus son muallifi mazkur gazeta muharriri, Pokiston jurnalistlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Tohir Faruk bo‘lib, u mamlakatimizda o‘tadigan saylov jarayonini yoritish uchun xorijiy jurnalist sifatida yurtimizga kelishni rejalashtirgan.

Pokistonlik jurnalistning fikricha, 22 dekabr kuni mo‘ljallangan saylovlar mamlakatda barqaror rivojlanish va fuqarolik jamiyati qurishning strategik maqsadlariga erishishda muhim va sermazmun ahamiyatga ega.

Shuningdek, nashrning ushbu sonida nomzodlari parlamentidagi o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan 5 ta siyosiy partiya ishtirokida davom etayotgan saylov kampaniyasi haqida batafsil ma’lumot berilgan, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan fundamental demokratik va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyati misollar bilan ochib berilgan.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari qoshida alohida saylov uchastkalari tashkil etilgani, ularda mamlakatimiz fuqarolari parlament deputatligiga nomzodlar uchun ovoz berishlari mumkinligi ham ijobiy baholangan.

Muallifning fikricha, mazkur parlament saylovi yakunlari O‘zbekistonni haqli ravishda Markaziy Osiyoda tizimli islohotlar yaratuvchisi sifatida e’tirof etilishini ta’minlaydi.