Qutlov

2019-12-16T05:29:02+05:0016 December, 2019|Qutlovlar, Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi bosh muharriri, taniqli shoir Salim Ashurovni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Salim Ashurov 1964 yilda tug‘ilgan. 1989 yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

S.Ashurov 1990-1994 yillari «Saodat» jurnalida, 1994-1996 yillari esa «O‘zbekiston ovozi» gazetasida ishladi. Shuningdek, 2000-2012 yillar maboynida «Turkiston» (hozirgi «Yoshlar ovozi») gazetasida bosh muharrirlik qildi.

2012-2019 yilning oktyabr oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi.

2019 yil 28 oktyabrda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi bosh muharriri lavozimiga tayinlangan.

Salim Ashurning «Yashil giyoh», «Atirgul», «Atalgan kunlar», «Sensiz», «Darz», «Titroq», «Katta oftob» «Muhabbat kitobi» singari to‘plamlari nashr etilgan. Shuningdek, bir qator she’riy va nasriy tarjimalari, hikoyalari hamda publitsistik maqolalari chop etilgan.