“Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda?” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

2019-12-13T14:24:45+05:0013 December, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda?” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Senati va Tanlov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Senat Raisi o‘z kirish so‘zida Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida keltirgan fikrlariga to‘xtalib o‘tdi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar o‘tgan uch yilda jamiyatimiz hayotida tub burilish yasadi. Demokratik islohotlar natijasida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar mansabdor shaxslarni o‘z ishini qonuniy asosda to‘g‘ri tashkil etishga undamoqda.

Ta’kidlanganidek, parlament yuqori palatasi faoliyatini tezkor va shaffoflik bilan yoritayotgan, shuningdek, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar to‘g‘risida aholiga aniq axborotlarni yetkazayotganlar ham jurnalist va blogerlardir. Shu bois, joriy yilning avgust oyida Oliy Majlis Senati tomonidan jurnalistlar o‘rtasida “Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda?” tanlovi ta’sis etilgan edi. Mazkur tanlov jurnalist va blogerlar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘lib, mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oldi.

Jumladan, tanlovda oltita nominatsiya bo‘yicha mamlakatimiz hamda chet el ommaviy axborot vositalarining 50 nafarga yaqin jurnalistlari va blogerlar tomonidan qariyb 500 ta ijodiy ishlar taqdim etildi.

Matbuot, televideniye, radio, internet nashrlari xodimlari (jurnalist, fotojurnalist), shuningdek, blogerlar tomonidan “Senatorning bir kuni”, “Senatning xalqaro faoliyati”, “Senator so‘rovi natijalari”, “Senat aralashuvi bilan hal bo‘lgan masalalar”, “Senat faoliyatidan yorqin misollar” kabi mavzularda reportaj, fotoreportaj, ocherk, teleocherk, radioocherk, tahliliy maqola, jurnalistik surishtiruv, teleko‘rsatuv, radioeshittirish kabi turli janrlarda taqdim etilgan materiallarni o‘rganish va belgilangan tartibda baholash asosida quyidagi jurnalist va blogerlar tanlov nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Senat Raisi Tanzila Narbayeva tanlov g‘oliblariga Oliy Majlis Senatining medali, 1, 2, va 3-darajali diplomlar hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Yil davomida Oliy Majlis Senati faoliyatini tezkor, xolisona va keng yoritib kelayotgan “O‘zbekiston 24” teleradiokanali jamoasiga minnatdorlik bildirilib “Eng yaxshi hamkor ommaviy axborot vositasi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

G‘olib va sovrindolar ro‘yxati:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot

(televideniye)

1-o‘rin. “UzReport” telekanali

2-o‘rin. G‘ofurova Ruxsora – O‘zEOAVMA Axborot markazining “Zamon” axborot-tahliliy dasturi muharriri

3-o‘rin. Aliqulova Sohiba – Namangan viloyat teleradiokompaniyasi televideniye guruhi bosh muharrir o‘rinbosari

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot

(radio)

1-o‘rin. Allaberdiyeva Sayyora – “O‘zbekiston 24” radiokanali katta muharriri

2-o‘rin. Yaxudayeva Gozzal – Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi katta muharriri

3-o‘rin. Tursunov Zafar – O‘zEOAVMA Radio-Axborot markazi bosh muharriri

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot

(matbuot)

1-o‘rin. Karimova Munisxon – “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri

2-o‘rin. Aliyeva Munisa – “Darakchi” gazetasi muxbiri

3-o‘rin. Tojiyeva Zamira – “Birja” gazetasi muxbiri

 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot

(internet nashrlari)

1-o‘rin. “kun.uz” internet nashri

2-o‘rin. Abduraimova Norgul – O‘zA veb-sayt axboroti tahririyati Qonunchilik, huquqiy targ‘ibot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mudiri

3-o‘rin. “qalampir.uz” internet nashri

Povarov Dmitriy – “Rossiya segondya” xalqaro axborot agentligi (Rossiya Federatsiyasi) muxbiri

Avezmatov Sherali – “Fars news” axborot agentligi (Eron Islom Respublikasi) muxbiri

 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot

(fotojurnalistika)

1-o‘rin. Nurmanova Madina – “daryo.uz” internet nashri fotomuxbiri

2-o‘rin. G‘aniyev Muhammadjon – “kun.uz” internet nashri fotomuxbiri

3-o‘rin. Paydoyev Hasan – “xs.uz” internet nashri fotomuxbiri

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot

(blogerlar)

1-o‘rin. Safarov Nozimjon – “nozimsafari” telegram kanali muallifi, bloger

2-o‘rin. Xidirov Qobil – “davletov.uz” telegram kanali muallifi, bloger

3-o‘rin. Soatova Shahnoza – “shahnozxon” telegram kanali muallifi, bloger.

So‘zga chiqqanlar ta’kidlab o‘tganlaridek, ommaviy axborot vositalari oldida turgan mas’uliyatli vazifalarni bajarish, jamiyatimizda qonuniylikni qaror toptirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, parlament va jamoat nazoratini ta’minlash, xalqimizni qiziqtirayotgan turli mavzularni yoritishda jurnalist va blogerlar bundan buyon ham faol bo‘lishi yuzasiza o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.