Hamdardlik

2019-12-08T07:38:32+05:008 December, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi, “Xalq so‘zi“ gazetasi mas’ul xodimi, taniqli adib Abduvali Qutbiddinovning vafot etgani munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Abduvali Qutbiddin 1960 yil 20 iyunda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tugatgan (1983). Samarqand viloyati gazetasida xizmat qilgan. 1985 yildan G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishladi. 1990 yilda “Yozuvchi” nashriyoti tashkil bo‘lgach, avval etakchi muharrir, so‘ng bosh muharrir bo‘lib xizmat qiladi. Keyinchalik O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ishladi. So‘nggi vaqtlarda “Xalq so‘zi” gazetasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.