Yurt bayrog‘i oldidagi burchimiz!

2019-11-18T07:33:41+05:0018 November, 2019|Umumiy yangiliklar|

8 noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun. Davlat bayrog‘i O‘zbekiston davlat suverenitetining ramzidir.

Davlat bayrog‘i va uning tasviri katta-kichikligidan qat’iy nazar, hamma vaqt mazkur Qonunda belgilangan rangli va sxematik tasvirga aniq mos bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.

Jinoyat kodeksiga asosan, O‘zbekiston yoki Qoraqalpog‘istonning Davlat bayrog‘iga hurmatsizlik qilish 5 575 000 so‘mgacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan esa, O‘zbekiston yoki Qoraqalpog‘istonning Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish tegishli ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.