Indoneziyada O‘zbekistonda o‘tadigan saylovlar haqida maqola chop etildi

2019-11-13T10:05:20+05:0013 November, 2019|Umumiy yangiliklar|

Indoneziya Fanlar institutining Siyosiy tadqiqotlar markazi “O‘zbekiston Respublikasida o‘tadigan parlament saylovlarini olqishlagan holda: Indoneziya va O‘zbekiston saylovoldi formulasining qisqacha qiyosi” sarlavhali maqola chop etdi.

Quyida Muliza Sveinstani muallifligidagi ushbu maqola bilan tanishishingiz mumkin.

Indoneziya qonunchilik organlariga saylov bosqichlari joriy yil oktabr oyida yakuniga yetdi. Umumiy saylovlar natijalari bo‘yicha turli bahs-munozaralar va ommaviy namoyishlar o‘tganiga qaramasdan, barcha saylov bosqichlari 1 oktyabrda, 2019-2024 yillar uchun saylangan deputatlar inauguratsiyasi bilan yakun topdi. Saylovlar tugaganidan so‘ng, fuqaro sifatidagi burchimiz saylovlarni emas, saylangan vakillarni nazorat qilishdir.

Indoneziya yangi siyosiy vaziyatga tayyorlanayotgan bir paytda, Osiyodagi demokratik mamlakatlardan biri – O‘zbekiston parlament saylovlarini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. Markaziy saylov komissiyasi 2019 yil 22 dekabrni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga o‘tadigan saylov kuni deb belgiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida o‘z vazifasiga kirisharkan, mamlakatda muhim siyosiy, huquqiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Qonun ustuvorligini ta’minlash va saylov qonunchiligini demokratik tamoyillar asosida qayta ko‘rib chiqishga birinchi galdagi vazifa deb qaraldi. Muhim me’yoriy-huquqiy asoslar ishlab chiqildi. Shu bois bo‘lajak saylovlar O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekistonda 2019 yil 20 sentyabrdan parlamentga saylovoldi kampaniyasi boshlandi. Ushbu kampaniya ochiq bo‘lib, barcha fuqarolarni demokratik jarayonlarga jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatlardan biri sifatida talqin qilishi mumkin. Bundan tashqari, yanada demokratik hisoblangan yangi Saylov kodeksi ham mazkur saylovlarda qo‘llaniladi.

Yangi tizimlarga asoslangan holda, beshta siyosiy partiya – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyalari o‘z nomzodlarini taklif etadi. Siyosiy partiyalar Qonunchilik palatasiga saylovlarda barcha okruglardan 150 nomzodni taklif etish huquqiga ega. Ilgari ular 135 nafar nomzodni ilgari surgan.

Janubiy Osiyo, ayniqsa, sobiq Sovet Ittifoq mamlakatlari saylovlari haqidagi axborotlar indoneziyaliklar uchun biroz g‘alati tuyuladi. Ushbu maqola Inloneziya va O‘zbekiston saylov tizimini taqqoslash uchun xizmat qiladi. Ayrim jihatlarini saylov tizimini ishlab chiqishda hisobga olsa bo‘ladi. Mamlakat saylov tizimiga joriy qilinishiga ta’sir qiluvchi oltita jihat mavjud. Ushbu jihatlar ikki toifaga bo‘linadi. Birinchisi – to‘rtta banddan iborat asosiy elementlar: okrug kattaligi, nomzod, ovoz berish va saylovlar formulasi. Qolgan yordamchi elementlar saylov va saylovlar vaqtini o‘z ichiga oladi.

Saylov tizimidagi farqlar

Indoneziya va O‘zbekiston saylov tizimidagi farqlarga keladigan bo‘lsak, saylov tizimini tanlash – saylovlar formulasi ular o‘rtasidagi asosiy farq hisoblanadi. Indoneziya proporsional saylov tizimidan foydalanadi. U hozirgi kunda bir vaqtda bo‘ladigan saylovlar sharoitida yopiq ro‘yxatga ega proporsional tizimdan ochiq ro‘yxatli proporsional tizimga o‘tdi. Bundan farqli O‘zbekiston majoritar son tizimiga kiritilgan qo‘shaloq raund tizimidan foydalanadi. Proporsional tizimda o‘rinlar ulushi har bir partiya ovozlari ulushiga taqsimlanadi. Odatda bu tizim katta partiya uchun uncha ma’qul emas. Boshqa tomondan esa, majoritar tizim eng ko‘p ovoz to‘plagan partiyaning o‘rinlarini taqsimlaydi. Boshqacha aytganda, mazkur tizim yirik partiyalarga qulay, ularning saylovlarda oson g‘alaba qozonishiga imkon yaratadi.

O‘zbekiston saylov qonunchiligiga ko‘ra partiya ko‘p sonli ovoz to‘plasa, u avtomatik ravishda o‘ringa ega bo‘ladi va saylovlarda g‘alaba qozonadi, degani emas. Konseptual ravishda ikkita turdan iborat tizimda shunday bir shart borki, unga ko‘ra agar birinchi turda biron bir nomzod yoki partiya kerakli ovoz to‘plamasa, ko‘pincha takroriy saylovlar o‘tkaziladi. Ushbu shart O‘zbekistonda ham qo‘llaniladi. Ikkinchi turda ko‘pchilik taomili mutlaq ko‘pchilik hisoblanmaydi. Mutlaq ko‘pchilik ovoz mavjud yoki yo‘qligidan qat’i nazar, eng ko‘p ovoz olgan nomzod saylanadi. Bu tizim Indoneziyaga tanish, chunki biz Prezident saylovlari va Jakarta gubernatorlik organlariga bo‘ladigan saylovlarda ham bu tizimdan foydalanamiz va ushbu tizim butun dunyoda qo‘llaniladi.

Murosa

Har ikki mamlakatda qo‘llaniladigan har xil tizimlarga kelsak, har bir tizimning ijobiy va salbiy ta’sirini aniqlash qiziq bo‘lsa kerak. Ma’lumki, partiyada proporsional joy taqdim etishdan tashqari ularning ulushiga qarab etnik, irqiy va jinsiy tegishliligi singari ovoz berishning piar-ro‘yxatida ozchiliklar guruhi ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Bu partiyalar saylovchilarning manfaatlarini ifodalaydigan nomzodlarning balanslashgan ro‘yxatini tuzishi kerakligi bilan bog‘liq.

Kamchilik guruhlarini joylashtirishdan tashqari, proporsional saylov tizimi, shuningdek, ayollar vakilligini ta’minlovchi eng do‘stona saylov tizimi ham hisoblanadi. 1980 yillarda qator tadqiqotlar olib borilgan. Ularda ayollar nafaqat rivojlanayotgan demokratik mamlakatlar, balki rivojlangan demokratik mamlakatlarda ham ko‘pchilik tizimi bilan taqqoslaganda, ushbu tizimda saylanish tendensiyasiga egaligi to‘g‘risida xulosa qilingan. Proporsional tizimni joriy etish okrugda qonunchi sifatida kengash o‘tkazadigan ayrim partiyalar bo‘ladi, deganidir. Chunki proporsional tizim bir necha okruglardan tashkil topgan saylov tizimi hisoblanadi. Bu orada bir mandatli okrugli tizimda okrugda saylanadigan faqat bitta nomzod yoki siyosiy partiya bo‘ladi. Albatta, oxirgi mexanizm ayollarning saylanish imkoniyatlarini cheklaydi.

Garchi proporsional saylov tizimi mamlakatdagi barcha tomonlarning manfaatlarini deyarli hisobga olsa-da, uning salbiy ta’siri ham bor. Ayniqsa, ochiq ro‘yxatli proporsional tizimda pul siyosati namoyon bo‘lishi mumkin. Xususan, 2019 yilda bo‘ladigan saylovlar mexanizmi tufayli proporsional saylov tizimi ro‘yxatini ochiq ro‘yxatlar hamda qonunchilik va Prezidentlik saylovlariga bir vaqtda bo‘ladigan saylovlar bilan kombinatsiya qilish saylovchilarga keng tanlash imkoniyatini taqdim etdi. Ushbu mexanizm Prezidentlik saylovlariga e’tibor markazida bo‘lish imkonini berdi. Shu tariqa, Indoneziyada 160 nafardan ortiq nomzodli Xalq vakillari kengashi palatasiga bo‘ladigan saylovlarda hamda yana yuzlab nomzodli Hududiy palata vakillari va Xududiy vakillik kengashiga bo‘ladigan saylovlarda saylovchilar nomzodlarni kuzatishi, ular muhokama qilayotgan muammolar haqida xabardor bo‘lishi qiyin bo‘lgan.

Proporsional tizim umuman olganda ovozni joyga aylantirishda o‘ziga xos murakkabliklarga ega. Buni aniqlaydigan ko‘plab formulalar bor. Har bir formula siyosiy vaziyatlar uchun o‘z oqibatlariga ega. Shunday bo‘lsa-da, eng yaxshi variantni belgilash uchun mamlakat qo‘ygan maqsadga erishishga yordam beradigan mukammal saylov formulasini yaratish uchun ulkan siyosiy sa’y-harkatlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Aytib o‘tilgan maqsad Indoneziyada qo‘llanilayotgan prezident hokimiyati tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun hokimiyatni proporsional taqsimlanishi bo‘lishi mumkin.

Boshqa tomondan, ikki turga ega tizimda, ushbu tizim saylovchilarga o‘zining “eng yaxshi” deb bilgan nomzodini tanlashi uchun ikkinchi imkoniyatni taqdim etadi. Saylovchilar ikkinchi turda o‘z ovozlarini o‘zgartirishi ham mumkin. Yoki ular birinchi turdagi tanlovlarini qoldirishi ham mumkin. Bundan tashqari, elita nuqtai nazaridan qaraganda, ular birinchi turdan so‘ng siyosiy vaziyat o‘zgarishiga javob berishga ham ulguradi. Bu Indoneziyadagi ikkinchi saylovlar, masalan, 2004 yilgi Prezidentlik sylovlari va 2017 yilda Jakartada bo‘lib o‘tgan gubernatorlik saylovlarida kuzatilgan siyosiy holatga o‘xshab ketadi.

Ikki raundli tizim o‘zining afzalliklariga qaramay, ko‘p vaqt va mablag‘ talab etadi. Ushbu tizim saylov ma’muriyatchiligiga katta e’tibor qaratadi. Unda ikkinchi tur saylovlari, birinchisidan so‘ng tezroq o‘tkazilishini talab etadi. Bu, albatta, saylovlarni boshqarish organlariga qo‘shimcha vazifa yuklaydi hamda sarflanadigan mablag‘ hajmini oshiradi.

Uning yana bir oqibati shuki, saylovchilarga o‘z tanlovini mutahkamlash yoki fikrini o‘zgartirish uchun ikkinchi imkonni berish o‘rniga, ushbu tizim ko‘pincha saylovchilar ishtirokining pasayishiga olib keladi. Shu bois, ushbu tizim qo‘llaniladigan mamlakatlarda har bir nomzod yoki siyosiy partiya ikkinchi turda ovozlarni yo‘qotib qo‘yishdan qutulish maqsadida birinchi turdagi saylovlarda bir-biri bilan musobaqalashadi va g‘alaba qozonishga harakat qiladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan ikkita kamchilikka qo‘shimcha ravishda, shuni ham qayd etish kerakki, ikki turga ega tizim saylovchilar bo‘linishiga ham olib kelishi mumkin. Ayniqsa, ikkinchi turda saylovlar ishtirokchilar ovozlar ko‘pligi bo‘yicha ikki nafar nomzod yoki partiya bo‘lsa. Agar shunday bo‘lsa, ikkita imkoniyat bo‘ladi. Birinchisi – ovozning ikkinchi turda yutqazgan nomzod yoki partiya tarafdorlaridan nomzod yoki partiyaga migratsiyasi. Ikkinchi imkoniyat shundan iboratki, ikkinchi turda siyosiy eskalatsiya ancha o‘tkir bo‘lishi mumkin. Chunki saylovlarda boshqa raqiblar bo‘lmaydi.

Va nihoyat, ikki raundli tizim ko‘pchilik/kamchilik tizimlarining boshqa tiplari singari o‘z nuqsonlariga ham ega: bir mandatli saylovlar. Mazkur tizim mamlakatda partiya tizimini ajratib yuborishi mumkinligi qo‘shimcha imkoniyatlar bo‘lishi mumkin.

Bundan olingan xulosalar

Bunda har ikki mamlakat saylov tizimi uchun ham foydali bo‘lgan jihatlar bor. Mukammal saylov o‘tkazish shaklini izlayotgan Indoneziya uchun O‘zbekistonda amalga oshirilgan ikki bosqichli saylov tizimi bilan taqqoslaganda, ochiq ro‘yxatli tizim ancha munosibroq hisoblanadi. Indoneziya qonunchilik tizimida ko‘p miqdorlilik tizimidan foydalanadimi? Jamiyatning qutblanishi va siyosiy partiyalarning bo‘linishi singari ayrim kamchiliklar Indoneziya uchun oshkora bo‘lib bormoqda. Bundan tashqari, bo‘lajak saylov tizimini ishlab chiqishda mazkur tizim hisobga olinmasligi lozim bo‘lgan yana bir sabab shuki, ushbu tizim shakllantiradigan saylovlarning proporsional bo‘lmagan natijalaridadir. Bunday disproporsionallik, tabiiyki, Indoneziyadagi plyuralizmga mos kelmaydi. Ushbu tizimni Indoneziyaga tatbiq etish uchun tavsiya etilmaydigan keyingi sabab shuki, bu hozirgi kunda o‘rta spektrga yaqinlashayotgan siyosiy partiyalar tomonidan ovozlarga ega bo‘lishdir.

Ko‘pchilik ovoz tamoyilida eng ko‘p ovozga ega ikkinchi turga o‘tuvchi yoki yutqazgan va yutgan partiyalar o‘rtasidagi ovozlarda unchalik ko‘p farq bo‘lishi mumkin emas. Shu bois, Indoneziya uchun saylov tizimini ko‘pchilik/kamchilik tizimiga o‘zgartirish o‘rniga proporsional tizimni oxirigacha ishlab chiqish yoki aralash tizimni baholashga harakat qilish to‘g‘ri usul bo‘lgan bo‘lardi.

O‘zbekiston uchun, nisbatan yangi demokratik mamlakat sifatida ushbu tizimda saylovlarni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish alohida e’tiborni talab etadi. Hukumat Markaziy saylov komissiyasi va boshqa barcha bog‘liq tomonlar ushbu tizimning saylovchilarning qutblanishi va partiya tizimining fragmentlashishi kabi salbiy oqibatlarini kerakli tarzda uddalay olmasa, saylov mexanizmining o‘zi O‘zbekistonning siyosiy taraqqiyotiga katta zarar yetkazishi mumkin. Shu bois, uyushma elita manfaatlari tufayli ijtimoiy qutblanish va fragmentatsiya qurboniga aylanib qolmasligi uchun saylovchilarni siyosiy jihatdan yoritib borish mahalliy hokimiyatlar tomonidan olib borilishi lozim.

Манба: “Dunyo” AA