Tayinlov. Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentiga mudir tayinlandi

2019-11-12T09:50:00+05:0012 November, 2019|Umumiy yangiliklar|

Abdugappor Karimjonovich Kirgizbayev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Departament Prezidentning 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son Farmoniga asosan tashkil etilgan. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish Departamentning asosiy vazifalaridan sanaladi.

Abdugappor Kirgizbayev shu paytgacha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati edi.

Manba:O‘zA