Jurnalistlar Farg‘onada saylovlarni yoritish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi

2019-10-29T09:26:13+05:0029 October, 2019|Umumiy yangiliklar|

Respublika ommaviy axborot vositalari bosh muharrirlari, jurnalistlar, blogerlar hamda taniqli shoir va yozuvchilar uchun Farg‘ona viloyati bo‘ylab media-turda ishtirok etishgani haqida xabar berilgan edi.

Media-tur doirasida jurnalistlarni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga bo‘lim rahbari Sh.Aslonov ommaviy axborot vositalari vakillarining saylov kampaniyasi davrida to‘laqonli faoliyat olib borishlari va saylovlarni haqqoniy, xolis yoritishlari, keng jamoatchilikka yetkazishlari uchun belgilangan talablar asosida yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Matbuot markazida internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar zali, matbuot anjumanlari va brifinglar o‘tkazish joyi hamda viloyat saylov komissiyasi, uning a’zolari hamda ekspertlar tomonidan saylov qonunchiligini, saylov kampaniyasini targ‘ib qilish uchun alohida tet-a-tet uslubida tasvirga oladigan sahna tayyorlangan.

Markaziy saylov komissiyasi
Xalqaro matbuot markazi
Farg‘ona viloyat bo‘limi