O‘zbekistonlik talabalar Turkiya ommaviy axborot vositalarida malaka oshiradi

2019-10-29T06:38:24+05:0028 October, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Turkiya elchixonasi va TIKA hamkorlik tashkiloti vakillari mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvda ikki qardosh davlatning uzoq yillik tarixi va do‘stona aloqalari, turkiy tillarning ildizi va kelajakdagi istiqbollari, urf- odat va madaniyatining bir-biriga yaqinligi haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, delegatsiya Universitet faoliyati hamda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Fursatdan foydalanib tomonlar talabalar almashinuvi va Turkiya elchixonasi hamkorligida Turkiya universitetlarida professor o‘qituvchilarning malaka oshirishi, ularning “TRT World” mediaxolding va “TRT Avas” telekanallarida amaliyot o‘tashi haqida kelishib olindi.

Sitora MAHMUDOVA,

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar universiteti talabasi.