Qutlaymiz

2019-10-09T04:21:47+05:009 October, 2019|Qutlovlar|

Bugun O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bosh mutaxassisi Jobir Xo‘jaqulov tug‘ilgan kun.

Shunday insonlar bo‘ladiki, bir kun yo‘q bo‘lsa, ishlayotgan, o‘qiyotgan jamoasidagi o‘rni darrov seziladi, darrov qadri o‘tadi. Go‘yo chor-atrofingiz huvillab qolgandek, sizga yaqin kimdir yetishmayotgandek tuyuladi.

Jobir ana shunday insonlardan. U qayerda xizmat qilmagan bo‘lsin, “Turkiston”(hozirgi “Yoshlar ovozi”) yohud “Hurriyat”, yo bo‘lmasa “Adolat” gazetasidami, hamma jamoada o‘z mehnati, o‘tkir qalami , xush muomalasi, samimiyati, mehribonligi bilan o‘z o‘rnini topdi, hurmat-e’tibor qozondi.

Jurnalistlar uyushmasida ham shunday. Hamma ishni, vazifani ishonib topshirish mumkin bo‘lgan ishchan va tajribali xodim, yaqin do‘st va birodar.

Jamoa nomidan Jobirni tavallud ayyomi bilan chin dildan qutlaymiz!

Jobir! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, quvonch-shodlik, farzandlaringizga esa otasidek aziz inson bo‘lib kamol topishlarini tilaymiz!

Doim qalamingiz o‘tkir, ijodingiz barkamol bo‘lsin!

Hamkasblaringiz