O‘zbekistonda saylov kampaniyasi boshlandi

2019-09-20T12:24:27+05:0020 September, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi 2019 yil 20 sentyabrdan boshlanganini e’lon qildi.

O‘zbekiston muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylov arafasida.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan majlisi saylov kampaniyasi bilan bog‘liq tashkiliy ishlarga bag‘ishlandi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomovni majlisni ochib, saylovlar mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, istiqbol uchun belgilab olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Markaziy saylov komissiyasi 2019 yil 22 dekabrni – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni, deb belgiladi. Saylov kampaniyasi 20 sentyabrdan boshlanishi e’lon qilindi.

Majlisda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi.