Bugun ASKUE bo‘yicha xalqaro mutaxassislar va jurnalistlar Samarqand shahriga yo‘l oldi

2019-09-18T09:00:24+05:0018 September, 2019|Umumiy yangiliklar|

Joriy yilning 18-19 sentyabr kunlari Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (MOMIH)ga a’zo davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro mutaxassislar va jurnalistlar uchun Samarqand shahriga press-tur tashkil etiladi.

Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkaziladigan tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan iste’molchilarga elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni o‘rnatish ishlari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.

Tadbirda “Aqlli” hisoblagichlarning ishlash tartibi, undan foydalanish qoidalari hamda elektr energiyasi samaradorligini oshirishda yangi tizimning mohiyati haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, press-tur Osiyo taraqqiyot banki tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida o‘tkaziladi.

 

Nasiba Ziyodullayeva.

Manba: O‘zA