Sud-huquq sohasida jurnalistlar faolligi

2019-09-12T10:41:26+05:0012 September, 2019|Umumiy yangiliklar|

Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan YuSAIDxalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda hududiy jurnalistlar uchun navbatdagi seminar-trening o‘z ishini boshladi.

«O‘zbekiston sud-huquq tizimi islohoti: OAVda yoritish» mavzuida davom etayotgan ikki kunlik seminar-treningda qonun ustuvorligi, sud-huquq islohotlari mohiyati, sud hokimiyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAVning faolligini ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.

—Asosiy maqsadimiz hududiy jurnalistlarning sud-huquq yo‘nalishini yoritishda malakasini oshirish. Markaz tomonidan muhim mavzularda tashkil etilayotgan treninglar sohada mavjud muammolar yechimida jurnalistlarning faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan, — deydi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnara Babajanova.

Seminar-treningga sud-huquq mavzuida OAV orqali ijodiy materiallari bilan ishtirok etib kelayotgan markaziy va mahalliy OAV jurnalistlari ishtirok etmoqda. Markazning malakali media trenerlari Yo.Mamatova, B.Alimov hamda YuSAID xalqaro tashkilot mutaxassisi R.Nazarovalar tahliliy, interaktiv va zamonaviy uslublar asosida mavzu doirasida treninglar o‘tmoqdalar.