So‘z va ohang hamohang

2019-09-10T07:43:19+05:0010 September, 2019|Umumiy yangiliklar|

Respublika ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash «Ilhom» fondi va O‘zbekiston kompazitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan hamkorlikda uyushma binosida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab “So‘z, ohang va tasvir” nomli ijodiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodiy uyushmalar o‘rtasida tuzilgan «Do‘stlar klubi» a’zolari, san’atkorlar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi Rustam Abdullayev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi Sadulla Xakimov, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi Yoqub Axmedovlar o‘z nutqlarida yurtimizda adabiyot, san’at, rassomchilik va jurnalistika sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan vazifalarni alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, tadbirda mamlkatimiz mustaqilligining 28 yilligi arafasida prezidentimiz farmoniga ko‘ra davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan ijodkor muborakbod etildi. To‘rt nafar yosh va mahoratli bastakor va xonandalar esa Kompazitorlar va bastakorlar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindli. Ularga uyushmaning guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Badiy kecha O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Dilorom Amanullayeva, Respublika va xalqaro ko‘rik tanlovlar laureati Muhammad Otajonov, “Shuhrat” medali sohibi Shuxrat Zakirov, Respublika va xalqaro ko‘rik tanlovlar laureati Qahramon G‘ulomjonovlar tomonidan ijro etilgan ko‘y va qo‘shiqlar bilan yakunlandi.

Jobir XO‘JAQULOV