“Ishonch” gazetasidan eng ulug‘ bayramga munosib tuhfa

2019-09-10T06:23:09+05:0010 September, 2019|Umumiy yangiliklar|

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!”

Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, maorif, sport, moliya, tibbiyot, qurilish kabi bir qator soha vakillari “Eng ulug‘, eng aziz” bayramga munosib sovg‘a tariqasida o‘zlarining turli xil aksiya va xizmatlarini taklif etdi.

Keyingi yillarda matbuotimizda pastlash sodir bo‘ldi. Endi kishilar axborotni ko‘proq internet resurslari orqali qabul qilishga o‘rganishdi. Ana shu sharoitda “jon saqlab”, kerak bo‘lsa, kurashib kelayotgan nashrlar ham talaygina.

Ayrim nashrlar o‘zlarining onlayn platformalarini ham ishga tushirib, “ikki flotda kurashmoqda”. Ba’zilari esa boshqacha shaklda ishlamoqda. Masalan, bir nashr mushtariylarni jalb qilish uchun gazetalarning bir qismini bepul tarzda yetkazishni joriy etdi, yana ba’zisi, “o‘z yo‘li”ni o‘zgartirib o‘quvchilar e’tiborini tortdi.

“Ishonch” gazetasi kurashga jiddiy kirishibgina qolmay, mushtariylar uchun turli xil imkoniyatlarni, yengilliklarni tayyorlab qo‘ygan. Tahririyat jamoasi “Eng ulug‘, eng aziz” bayramga atab gazetaning maxsus sonini chop etdi.

60 sahifadan iborat gazetaning ushbu rangli-bezakli sonidan bir qancha o‘qishli maqolalar, shoirlarning ijod namunalari, tahlillar, va albatta, 28 yillik to‘yga atab bitilgan tanti izhorlar o‘rin egallagan.

Shohrux NO‘’MONOV, Nishonboy ABDUVOITOV (surat), O‘zA​