Qashqadaryoda jurnalistlarni qanday muammolar qiynayapti?

2019-09-06T12:59:21+05:006 September, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, O‘zo‘bekiston Prezidenti Administiratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi mas’ullari va jurnalistlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi, ularni qiynab kelayotgan muammolar haqida so‘z bordi.

Davra suhbatida «Daryo.uz» saytida e’lon qilingan «Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasi sirini fosh qilishga uringan jurnalistga kuch ishlatilgani aytilmoqda. Shifoxona qanday sirni yashirmoqda?» sarlavhali maqolada tilga olingan muammoli halot bo‘yicha ham fikrlar bildirildi.

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi qashqadaryolik jurnalist Dilshod Nabiyevni himoya qilishga shayligini bildirib, viloyat 1-son asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlarining jurnalistga qilgan xatti-harakatini oqlab bo‘lmasligini ta’kidladi.

—Ushbu holatdada jurnalistning yagona xatosi — bu yarim kechasi ma’lumot olishga borgani,— deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Usmon Nusurov. —Ammo har qanday holatda ham shifoxona xodimlarining jurnalistga bunday munosabatda bo‘lishi to‘g‘ri emas. Ularning bunga haqi yo‘q. Bu harakatni hech qanday holat bilan oqlab bo‘lmaydi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bunday holatda jurnalistni himoya qilishga tayyor.

  • Biz jurnalist Dilshod Nabiyev bilan bu haqda suhbatlashdik, — dedi Uyushmaning Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi Galoviddin Yo‘ldoshev.— Bunday holatda jurnalistni qo‘llab-quvvatlashni bildiramiz.

Tadbirda shuningdek, partiya vakillari jurnalist va blogerlar faoliyatini himoya qilish bo‘yicha sohaga oid qonunchilikka qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilayotganini aytib, taklif va mulohazarni kiritish mumkinligi aytib o‘tishdi.

Muhayyobonu Qurbonova.