Muynoqda yangilanish shamoli

2019-08-28T11:23:00+05:0028 August, 2019|Hafta maqolasi, Umumiy yangiliklar|

«Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan Mo‘ynoq xalqi. Ularning sabr-matonati, vatanparvarligi va mehnatsevarligi uchun rahmat aytishimiz, shunga munosib xizmat qilishimiz kerak».

Shavkat MIRZIYOYEV

Bugun Mo‘ynoqdagi yangilanishlar butun dunyo hamjamiyati nigohini o‘ziga qaratib, insoniyat taqdirini birlashtirgan maskanga aylanmokda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qorakalpog‘istonga dastlabki tashrifi Mo‘ynoq tumani uchun katta o‘zgarishlarni boshlab bergan edi. So‘nggi ikki yilda tumanning ijtimoiy infratuzilmasini mustahkamlash iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar Mo‘ynoq uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Tumanni yangilash, markazini «Mo‘ynoq siti»ga aylantirish borasidagi ishlarga dastlabki kadamlar bosildi. 2019-2021-yillarda sanoat sohasida 33 ta, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida 32 ta qishloq xo‘jaligida 8 ta va boshka sohalarda jami 73 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirildi.

2019-2021-yillarda tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan 1 trillion 485 milliard so‘mlik mablaQning shahar qurilishi uchun 197 826 milliard so‘mi ajratilib, ayni payitda 20 ta ko‘p qavvatli turar-joylarning qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

So‘nggi paytlarda hududning ekologik muhitini yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami o‘zining natijasini ko‘rsatdi, odamlarning turmush sharoiti sezilarli darajada o‘sganini ko‘rish mumkin. Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bu galgi tashrifi ayni Mo‘ynoq tumanidan boshlanishi ham bejiz emas. Sababi, o‘tgan davr mobaynida shunga arzirli keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Dastlab Prezident Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumanidagi yangidan barpo etilgan madaniyat markazida mahaliy faollar bilan muloqot qilar ekan, shunday deya ta’kidladi: “QoraqalpoQistonda hamma sohada o‘zgarish bo‘lyapti. Buning zamirida shu zaminda yashayotgan buyuk xalqning mehnati, intilishlari mujassam. Sizlar bilan birgalikda katta harakat boshladik. O‘ar bir hududning dardini o‘rganaylik, har bir insonning qalbiga kirib boraylik, ertangi kunga ishonchini mustahkamlaylik, deb chuqur islohotlarni amalga oshiryapmiz. Odamlar ertaga emas, olis kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak”.

Darvoqe, ushbu da’vat natijada Qoraqalpog‘istonda yaqqol bo‘y ko‘rsatdi. Orolbo‘yi aholisi hayotini yaxshilash haqidagi gap-so‘zlar 50-yillardan beri bor edi. Lekin keyingi ikki yilda qilingan ishlar ko‘zga tashlanarli bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun sheriklik asosidagi “Trast” fondi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi, Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Dengizning qurigan tubida himoya o‘rmonzorlari, Amudaryo deltasida kichik suv havzalari barpo etilmoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 28 fevraldagi qaroriga muvofiq Mo‘ynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Birgina joriy yilning sakkiz oyida 8 bog‘cha, 7 maktab, 4 sport inshooti, 6 tibbiyot muassasasi, 8 ta madaniyat ob’ekti qurildi va ta’mirlandi. Bundan tashqari, 20 ta ko‘pqavatli uy-joy barpo etilmoqda.

Yurtboshimiz bilan kechgan samimiy uchrashuvlarda “Katta-katta imoratlar, zamonaviy texnika bilan maqtanish kerak emas. Aqlli, bilimli, fidoyi farzandlarni tarbiyalasak, ular Vatanga sadoqot bilan xizmat qilsa, eng katta boylik, baxt mana shudir”, dedi davlatimiz rahbari.

Bir paytlar Mo‘ynoq baliqchilik sanoati bilan mashhur bo‘lgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili bu yerga kelib, mavjud suv havzalarida baliqchilikni qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. «Mo‘ynoq akva sanoat» korxonasi ana shu tashabbus natijasidir. Loyiha qiymati 20 milliard so‘mlik mazkur korxona yiliga 4 ming tonna baliqni qayta ishlash quvvatiga ega. Korxona ishga tushgach, 200 tonna dudlangan baliq, 780 tonna farsh, 400 tonna file, 9 million dona konserva ishlab chiqariladi. Qariyb 60 ish o‘rni yaratiladi. Bugungi kunda korxona binosi qurilishi yakunlanib, texnologik uskunalar o‘rnatilmoqda. Uni shu yil sentyabrda ishga tushirish mo‘ljallangan.

Aslida, baliqchilik tarmoQida qo‘shimcha 17 loyiha ishlab chiqilgan. Natijada baliq yetishtirish hajmini 15 ming tonnaga, qayta ishlash darajasini 36 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Orolning qurigan tubiga butalar ekish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘tgan 42 yil mobaynida 400 ming gektar maydonda saksovullar ekilgan bo‘lsa, 2018-2019 yilda qariyb 500 ming gektarda himoya o‘rmonzorlari barpo etilgan. To‘plangan tajribadan kelib chiqib, yana ikki yilda 700 ming gektar yerni yashil hududga aylantirish mumkinligi ta’kidlandi.

O‘tkan oyda tumanda «Mo‘ynoq porloq teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi. 350 ta ish o‘rni yaratildi. Tumandagi xotin-kizning bandligi ta’minlanishiga erishildi. Zamonaviy mashinalar o‘rnatilgan mazkur korxona yiliga 1 million dona tayyor tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. O‘ozirgi kunda choyshab va ko‘rpa jildlari, maxsus ish formalari tikilmoqda. Shu yerning o‘zida savdo do‘koni tashkil etilgan. Yangi qurilayotgan uylardan korxona ishchilari uchun xonadonlar ajratilgan.

Prezidentimiz ushbu korxona faoliyati bilan ham tanishdi, ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

Mo‘ynoqdagi o‘zgarishlarni, sizlarning ko‘zlaringizdagi rozilikni ko‘rib juda xursandman. Bu – uzoq-uzoq hududlarga borib qilayotgan ishlarimiz natijasi. Agar kimdir bizning islohotlarimizga shubha qiladigan bo‘lsa, Mo‘ynoqqa kelib ko‘rsin, dedi Prezident.

Korxona faoliyati bilan tanishar ekan, davlatimiz rahbari mutasaddilarga uni barqaror ishlatish, mahsulot turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Davlatimiz rahbari QoraqalpoQistonga ikki kunlik tashrifi davomida bir qator tumanlarda bo‘lib, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi bilan yaqindan tanishdi. Yutuqlar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ham tilga olib o‘tdi.

 

Go‘zal YAKUDAYEVA