“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali matbuot markazi ish boshladi

2019-08-23T11:22:33+05:0023 August, 2019|Umumiy yangiliklar|

Samarqand shahrida bu yil o‘n ikkinchi bor o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali boshlanishiga so‘nggi tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu yilgi festivalni yoritish uchun 300 dan ortiq mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan birga xorijdan ham 150 ga yaqin jurnalist va blogerlar kelish istagini bildirgan.

OAV xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand shahridagi yoshlar markazi binosida matbuot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Markaz zarur mebel jihozlari, zaonaviy kompyuter va boshqa aloqa vositalari bilan ta’minlandi. Yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i, WiFi qurilmasi bilan ta’minlangan.

Sharq taronalari PRESSA telegramm kanali tashkil etilib, jurnalistlar uchun tezkor ma’lumot olish va o‘zaro fikr almashishga imkoniyat yaratildi.

Matbuot markazida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali yangiliklaridan xorijliklarni ham tezkor xabardor qilib borish uchun ma’lumotlar malakali tarjimonlar tomonidan 8 ta xorijiy tillarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda berib boriladi.