«Axborotda» kechgan yillar

2019-08-21T11:13:52+05:0021 August, 2019|Umumiy yangiliklar|

E’zoz

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida salmoqli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Amaldagi mavjud “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent” va “Sport” telekanallari qatoriga yangi “Madaniyat va ma’rifat”, “Mahalla”, “Dunyo bo‘ylab”, “Navo”, “Bolajon” singari yangi kanallar qo‘shildi. Ayniqsa, 1-“O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” teledasturi yangicha ko‘rinish oldi. Mana ikki yildirki “Axborot-24” telekanali ishga tushdi. Kunlik va haftalik xabarlar doirasida yillar sarhisobining yoritilishida asosiy tamoyil odamlarning qalbida shu vatan farzandi ekanidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish va yuksaltirishga qaratildi. Ichki va tashqi siyosatdagi O‘zbekistonning salohiyati, amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, unda mehnat qilayogan el farzandlarining qahramonona mehnati jonli lavhalarda namoyish etilmoqda.

Har bir ishning o‘z ijodkori, tashabbuskori bo‘lganidek, bosh yangiliklar dasturiga 1968 yilda taniqli telejurnalist Anvar Tojiyev boshchiligida kichik ijodkorlar guruhi asos solgan edi. Demak, bunga ham 50 yildan oshibdi. Axborot sohasiga ixtisoslashgan ijodkor bugun 90 yoshni qoralab qolgan bo‘lsa-da, hamon faol. U kishi tomonidan yozilgan badihalar, lavhalar, suhbatlar respublika ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinib turiladi.

Shuningdek, Anvar Tojiyev teleocherk, to‘g‘ridan-to‘g‘ri telereportaj janri ustasi edi.

Qo‘yida uning O‘zbekiston televideniyesining mustaqillikdan oldingi yillaridagi faoliyati hamda kechagi va bugungi davrdagi rivojlanish bosqichlari haqidagi muxtasar maqolasi e’lon qilinmoqda.

“Axborot-24” dasturini deyarli har kuni kuzatib boraman. Dastur ko‘pchilik aholi uchun asosiy ma’lumotlar manbaiga aylangan. Tezkorlik, mavzularning dolzarbligi va qamrovi kengligi bilan alohida ajralib turadi. Buning zamirida yuqori malakali muxbirlar, rejissyorlar, tasvirchilar hamda montajchilar mehnatining o‘rni katta.

Men 1962 yili televideniyega muharrir bo‘lib ishga kelganman. 1968 yili “Televizion yangiliklar” tahririyatiga bosh muharrir etib tayinlandim. “Axborot” teledasturi orqali respublika yangiliklarini mamlaktimiz ichkarisiga hamda tashqi davlatlarga uzatishda ishtirok etdim.

Avvalo shuni aytishim kerakki, dastlab o‘sha paytdagi rahbariyat dasturni “Axborot” deb atalishiga qarshi chiqishdi. Nima uchundir “Telegazeta” yoki “Yangilik” deb atashimizni qattiq talab qilishdi. Shunga qaramay, yarim asrdan beri, xar kuni, belgilangan vaqtda, millionlab tamoshabinlarni dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan boxabar qiladi, ayni bir paytda, yurtimiz – O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni dunyoga ko‘rsatib bermoqda.

Tarixga nazar tashlasak, 1966 yil yanvar oyida O‘zbekiston televideniyesi shoshilinch ravishda ittifoq telekanaliga ulangandi. Chunki, o‘sha damda Hindiston bilan Pokiston o‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz bergandi. Bu urushni siyosiy yo‘l bilan hal etish maqsadida ikki davlat rahbarlarining Toshkentda tarixiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgan, natijada sulh shartnomasi imzolandi. Mamlakatimiz poytaxti “Toshkent — tinchlik shahri” nomini oldi. Tarixiy uchrashuv va ikki davlat o‘rtasidagi sulhning imzolanishi ¤zbekiston televideniyesi orqali butun dunyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatilgandi.

1975 yillarga kelib, 30 daqiqalik “Axborot” dasturi, o‘zbek tilida har kuni, bir vaqtda, efirga uzatiladigan bo‘ldi. Dastur atrofiga avval sport, madaniyat, xalqaro masalalar, “shu kunning eng muhim mavzusi” bo‘yicha, keyinchalik iqtisodiy, siyosiy masalalar buyicha sharhlovchilar to‘planishdi. Dastlab Samarqand, Buxoro, Urgench, FarQona viloyatlarida, biroz vaqt o‘tib qolgan viloyatlarda ham “Axborot”ning muxbirlar postlari tashkil etildi. 90-yillarda tor kinolentalarda tasvirga oladigan kinoapparatlar o‘rniga qulay video apparatlar keltirildi.

“Axborot” tanqid qiladi” rukni katta obro‘ qozondi. Respublikaning eng mashxo‘r kishilari fikrlari muntazam ravishda efirda namoyish etildi. Xodimlar oddiy syujetlardan lavha, reportaj, intervyu tayyorlay boshlashdi. Xo‘jaliklar miqyosida ham rejalarning bajarilishidagi yutuqlar yoki bajarilmasligi sabablari atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddilardan intervyu olinib, so‘ng efirga uzatildi.

O‘sha paytda respublika rahbari bo‘lgan Sharof Rashidovning ko‘rsatmasi bilan musiqali va dramatik teledasturlar qatori “Axborot” ham birinchilardan bo‘lib rangli tasvirda namoyish etildi.

O‘sha davr uchun Kuba davlati rahbarlari Fidel va Roul Kastro, Shvetsiya qiroli Karl Gustav, Hindiston bosh vazirlari – Vajpay, Rajiv Gandi, Bangladesh davlati prezidenti Mujibur Rahmon, Angola prezidenti Agustino Neto kabi davlat arboblari, mashxo‘r qirQiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov, turk adibi Aziz Nesin, Rossiyalik xonanda Lyudmila Zikina, hind kino ustasi Raj Kapur, bokschi Muhammad Ali kabi dunyo tanigan insonlarning “Axborot” teledasturi muxbirlariga intervyu berishi faxrli edi.

“Axborot”ning birinchi sonidan boshlab, uni tayyorlashda qatnashgan Meli Mirxo‘jayev, O‘asan O‘amroyev, Abdulla va Usmon Karimovlar, Boqijon Imomov, To‘laboy Ro‘zmatov, Anvar Yoqubov singari fidoiy insonlar butun umrlarini televideniyega baQishlashdi. O‘ozirda To‘ra Rahimov, Irismat Abduxoliqov, Georgiy Minin, Kimyo Xo‘jayeva, Gulnora Mahkamova, Anvar Rashidov, Farhod Mahmudov, Abduhakim TurQunov, Maxmud Oripov, Botir Sharipov, Navro‘z Rizayev, Teshaboy Јodirov, Anatoliy Kim, Muxsin Fayzullayev, Mirfayoz Rustamovlardek iqtidorli jurnalistlar sharafli kasbni e’zozlashmoqda.

Qilingan ishlarga baho berish barobarida, hozirgi dastur ijodkorlarining samarali mehnatini ham alohida aytib o‘tish joiz. Muxbirning har bir ijodi igna bilan quduq qazishdek gap, albatta, toza mehnat o‘z mukofotini oladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda jahon hamjamiyatining dastlabki yetakchi mamlakatlari safidan joy olishga astoydil bel boQlagan. Endilikda mamlakatda sodir bo‘layotgan vaqea va hodisalarni haqqoniy yoritishda, o‘zgarayotgan O‘zbekistonning buguni va ertasini kishilik jamiyati ongiga singdirishda “O‘zbekiston -24” kanali hamda “Axborot” teledasturining ham o‘ziga xos mas’uliyati juda yuqori va sharafli . Hech shubhasiz, o‘tgan ellik yildan oshiq ish tajribasiga ega teledastur ommaviy axborot vositalari orasida o‘zining yetakchilik o‘rnini egallaydi hamda zimmasidagi vazifani sidqidildan ado etmoqda.

Anvar TOJIYEV,

mehnat faxriysi, “Axborot” teledasturining

1968-90-yillardagi Bosh muharriri.