Xalqaro press-klub OAV xodimlariga nisbatan amalga oshirilgan qo‘pol harakatlarni keskin qoralaydi

2019-08-16T10:44:59+05:0016 August, 2019|Umumiy yangiliklar|

Xalqaro press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti Toshkent shahar, Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov tomonidan tadbirkorlar va Kun.uz internet nashri muxbirlariga nisbatan amalga oshirilgan qo‘pol harakatlarini keskin qoralaydi.

Xalqaro press-klub Davlatimiz Rahbari o‘zining shu yaqin kunlarda qilgan qator nutqlarida ijroiya hokimiyat mutasaddilariga, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan hamkorlik qilish va ochiq bo‘lishni takidlayotgan bir vaziyatda, janob Vahobovning ushbu harakatini nomaqbul deb baholaydi.

Umid qilamizki, vakolatli tashkilotlar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosarining harakatlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqiy baho berib, ushbu noxush hodisani e’tiborsiz qoldirmaydi.

Manba: O‘zA