Sirdaryo jurnalistlar nigohida

2019-08-12T11:47:58+05:006 August, 2019|Umumiy yangiliklar|

Yillari asrga tatigulik o‘zgarishlar

O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatida mediatur tashkillashtirildi. Respublika nashrlarida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh jurnalist va blogerlar tashrif buyurib viloyatda amalga oshirilayotgan katta bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy iqtisodiy , madaniy sohalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, o‘zgarish va evrilishlar bilan tanishdilar. Toshkentdan kelgan jurnalistlarni Sirdaryo turizimining brendi sanalgan Chehra istirohatgohida viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdug‘aniyev va madaniy- ma’rifiy sohalar vakillari kutib oldilar.

Ochg‘ini aytish mumkin, avvalda dotatsiyada o‘tirgan Sirdaryo tumani keyingi uch yil ichida viloyatda sanoati rivojlangan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot larini xorijiy davlatlarga keng ko‘lamda eksport qilayotgan tumanlardan biriga aylandi. Tumandagi “ Sirdaryo farm,” “Baxt farm”, “Peng Sheng”, “Mega lyuks” kabi korxonalar asosiy mahsulotlarini Markaziy Osiyo maslakatlariga eksport qilayotir. Chunonchi, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “ Sirdaryo universal oyna” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tgan yili 50,1 million dollarlik loyiha amalga oshirilib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu korxonada ayni vaqtda 100 turdagi shisha idishlar tayyorlanmoqda. Korxonaga Yevropaning Germaniya, Turkiya davlatlaridan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilib, mahsulot tayyorlashda to‘liq mahalliy xomashyodan foydalanilayotganligi idishlarning arzon va xaridorgirligini ta’min etayotir. Joriy yilda to‘la quvvat bilan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan korxonada yiliga 102 million dona shisha idishlar ishlab chsiqarilib, 2 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Bu esa kelgusida mamlakatimiz farmatsevtika sanoatiga chetdaye keltiriladigan shisha flakonlar miqdorini keskin kamaytirish imkonini beradi.

Ushbu korxona yonida “ Sirdaryo glas” MChJ tomonidan farmatsevtikea va oziq ovqat sanoati uchun uch xil rangli shishi idishlar tayyorlash loyihasi ro‘yobga chiqirilayotir. 2020 yilda ishga tushiriladigan korxonada yiliga 3,7 million dollarlik mahsulot eksport qilina boshlaydi. “Sirdaryo shisha” korxonasida esa shisha idishlar uchun kvars qumini qayta ishlash loyihasi o‘zlashtirilmoqda. Yaxlit olganda bu uch korxonaning bir biriga uzviyligi » “Sirdaryo universal oyna “ negizida sanotlashgan klaster tashkil etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Media tur qatnashchilari zamonaviy korxonalarda infuzion idishlar ishlab chiqarish jarayonini kuzatib, hayratlarini yashira olishmadi. Avvalda faqat paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan tumanda eng zamonaviy, Markaziy Osiyoda yagona klaster tizimidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatayotgan ligi eng chekka hududlarda iindusriyani rivojlantirish yo‘lida yirik loyihalar hayotga tadbiq etilayotganidan dalolat beradi.

“ Peng Sheng” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasida keramik plitalar, santexnika mahsulotlari, terini qayta ishlash, poyafzal buyumlari tayyorlashning zamonaviy texnologiyalarda yo‘lga qo‘yilganligi media tur ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Delegatsiya a’zolari korxona ko‘rgazma savdo zalida bu yerda ishlab chyaiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan ham tanishdilar.

—Chekka tumanda qisqa davrda 30lan ortiq yirik sanoat ishlab chiqarish korxonalarining barpo etilganligi juda katta voqeylik, — deydi “ Pravda Vostoka” gazetasining muxbiri Temur Niyazov. —Minglab odamlar doimiy yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlangan. Do‘stlik” bog‘ida yaratilgan qulay shart-sharoit inson omili, uning yaxshi yashashi, turmush farovonligi birinchi darajali vazifaga aylanganini anglatadi.

“Peng Sheng “ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida barpo etilgan zamonaviy issiqxonalar qishin-yozin dasturxonlarimizda sabzavot mahsulotlari serobligini ta’min etadi. Har kvadrat metr issiqxonadan 60 kilogrmamgacha pomidor va bodring hosili olinayotgani, kam mehnat sarflab, bu mahsulotlarni yetishtirishdan yuqori daromad olinayotgani har qanday yer sharoitida ham shunday ixcham va katta manfaat keltiradigan issiqxonalarni yanada ko‘paytirishni taqoza etadi. Qo‘shma korxonada yaqin yillarda 20 gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar qurish loyihasi amalga oshiriladi.

“ Peng Sheng” O‘zbekiston -Xitoy qo‘shma korxonasi qoshidagi “Sirdaryo koten klaster” korxonasida o‘tgan yili 50 gektar maydondagi paxtaning har gektaridan 45 sentnerdan hosil terib olingandi.

Havas qilsa arziydi

Prezidentimiz joriy yilning 19 fevralida viloyatga tashrifi chog‘ida 5 ta yo‘nalishdagi “ Sirdaryo tajribasi” tashabbusini olg‘a surgan edilar. Ana shu tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazish, ularning har tomonlama sog‘lom va komil insonlar bo‘lib yetishlariga qulay shartg‘ sharoitlar yaratish viloyatda ma’naviy -ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan ishlarning bosh mezoni etib belgilandi. Shu ma’noda yoshlarni musiqa va san’at maktablari, madaniyat muassasalariga jalb etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish “Sirdaryo tajribasi”ning eng asosiy yo‘nalishlaridan sanaladi. Ayni vaqtda madaniyat muassasalaridagi t turli to‘garaklarga 7333 nafardan ziyod yoshlarning qatnashayotganligi, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun shu yil oxirigacha 18 ta sun’iy qoplamali maydon, 7 ta yengil konstruksiyali sport zalining tadbirkorlar tomonidan barpo etilayotgani sog‘lomlashtirish to‘garaklari a’zolari sonini yanada oshiradi.

Avvallari biror dam olish, aholi bo‘sh vaqtlarida vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun Sayxunobod tumanida qulay shart- sharoit yaratilmagandi. Shu yil yangi yil arafasida “Sayxun planet” zamonaviy savdo majmuasi va Sayxun istirohat bog‘i shaharcha aholisi ixtiyoriga topshirildi. Xizmat ko‘rsatish markaziy shaharlardagidek yo‘lga qo‘yilgan “Sayxun planet” savdo majmuasida yoshlar bo‘sh vaqtlarida har xil o‘yinlar, kompyuter mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun hamma sharoitlar bisyor qilingan. Bu yerga kelgan xaridor o‘zi istagan mahsulotni xarid qiladi, ham miriqib dam olib ketadi. Binoning ikkinchi qavatida muzqaymoq. Shirinliklar. Yaxna ichimliklar sotuvining yo‘lga qo‘yilgani esa bolajonlar dillarini xushnud etayotir.

Eng kamyob mahsulotlarni sotib olish uchun endi Toshkentga o‘xshagan katta shaharlarga borish, ovora bo‘lishga hojat yo‘q. Istirohat bog‘idagi turli ko‘ngilochar o‘yinlar bolajonlar dam olish vaqtlari har tomonlama mazmunli o‘tishiga xizmat qilayapti.

Mirzaobod tumanidagi raqamli texnologiya o‘quv markazi viloyatdagi eng qaldirg‘och markazlardan hisoblanadi. 20 ta kompyuter jamlanmasi qo‘yilgan markazda 9 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuyer savodxonligini o‘rganish bilan birga internet tarmoqlari orqali dunyod voqealaridan xabardor bo‘ladilar, foydali axborotlar va bilim olish bo‘yicha dasturlardan samarali foydalanadilar. Kompyuter dasturlarini tuzish malakasini puxta egallab oladilar.

Iqtisodi juda barqaror rivojlanmagan ikki tumanda ham yoshlar va aholi uchun shunday sharoitlar yaratilganligi delegatsiya a’zolarini befarq qoldirmadi.

—Bu qulayliklar yoshlarning bo‘sh vaqtlari maroqli o‘tishini ta’minlash bilan birga, ularning intelektual salohiyati yuksalishi, ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishida ham muhim rol o‘ynaydi,—deydi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining raisi Sa’dulla Hakimov.— Yurtboshimiz belgilab bergan 5 ta yo‘nalishning Sirdaryoda har jihatdan mukammal ijobatga aylanayotgani menda katta taassurot uyg‘otdi.

Oson emas jahon ichra davlat qurmoq

Viloyatdagi keng ko‘lamda davom ettirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlari, yangi sanoat korxonalarining barpo etilishi, “Obod qishloq” “ Obod mahalla”, “Obod markaz” dasturi doirasida keyingi ikki yilda bajarilgan ishlar har qanday kishining hayratini oshiradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan loyihalarning viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev rahbarligida katta mehnat, ijodiy tashabbuskorlik evaziga ro‘yobga chiqarilayotganini anglatadi. Viloyat hokimi respublakamiz markaziy nashrlarida faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalistlar media tur ishtirokchilarini yangi barpo etilgan, zamonaviy qabulxonada qabul qilibviloyatda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishiga kelgan qalam sohiblariga samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

Hokim sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda juda katta marralar belgilanganligini e’tirof etar ekan, “Oson emas jahon ichra davlat qurmoq” deya hali ko‘p ishlar kilinajagiga, yaqin yillarda Sirdaryo tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketishiga ishonch bildirdi.

Samimiy qabul va jurnalistlarga ko‘rsatilayotgan katta e’tibor uchun O‘zbekiston Jurnalistldar uyushmasi raisi Sa’dulla Hakim viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayevga o‘z minnatdorchiligi, katta shashakkurini bildirdi va hokimga esdalik sovg‘alari yangi chop etilgan kitoblarni tuhfa etdi.

Xovos hamma havas qiladigan go‘shaga aylanmoqda

Yaqin ellik yil ichida birorta ham ko‘p vaqatli uy qurilmagan, odamlarning ma’lum qismi eski (barak)uylarlarda yashayotgan Xovos shaharchasi, umuman, Xovos tumaniga Prezidentimizning shu yil fevral va iyul oylaridagi tashrifidan keyin bunyodkorlik, yaratuvchitanlik ishlarining katta bir to‘lqini kirib keldi. Yangi shaharcha tuman markazida ulkan qurilish, avalda mavjud bo‘lgan uylarning arxitekturaviy qiyofasini o‘zgartirish ishlari jadal olib borilmoqda. M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida barpo etilayotgan markazda 30 ta ko‘p qavatli uylarni qurish ishlari shiddat bilan davom ettirilayapti. Bu yerda qurilish ishlari tugagach jami 760 ta kvartira o‘z sohiblariga topshiriladi. Shuning 600 tasi arzon uylardir. Bundan tashqari, yangi markazda 60 ta bir qavatli uylar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, Davlat xizmatlari agentligi, maktab va bog‘cha, istirohat bog‘i, kutubxona, kitob do‘koni kinoteatr, dehqon boziri, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, shuningdek. 2 ta tikuvchilik sexi quriladi. Xovos eng zamonaviy, odamlar yayrab yashaydigan shaharchaga aylanadi. Bu yerda 1000 dan ortiq quruvchilarning kechayu kunduz ter to‘kayotganligi qurilish ishlari sur’ati oshishi bilan birga 100 lab oilalarning turmushi farovonlashishini ham ta’min etdi. Chunonchi, qurilishda yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lgan xovosliklar mo‘may ish haqi olib oilasini obod, dasurxonini to‘kin ham etayotir.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari Xovosobod qishlog‘ida bo‘lib Xovosning qariyib 2,5 ming yillik tarixi, bu kentda yashagan qadimgi ajdollarimizning o‘tmishi, u yerda saqlanib qolgan tarixiy obidalar bilan tanishdilar.

Guliston chinakam bo‘stonga aylanmoqda

O‘tgan qisqa davrda Guliston shahrida katta obodonlashtirish, qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan ikki yarim yil ichida bu yerda 32 ta besh qavvatli zamonaviy turar joylar qurilib, kichik shaharchaga aylantirildi. Ayni vaqtda bu yerda ilk bor 7 qavatli uylarni qurish ishlari boshlab yuborildi. Massivda oz emas, 420 ta xonadon barcha shart- sharoitlar yaratilgan, bolalar o‘yin maydonchalari qurilgan go‘shada batli-saodatli turmush kechirishmoqda. Jurnalistlar bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan qiziqdilar. Urbanizatsiyalash ishlarining davom ettirilib. yangi memoriy yechimdagi turar- joylar qad roslayotganining shohidi bo‘ldilar. Bu yerdagi qulayliklar Toshkentdagidan aslo qolishmasligi media tur qatnashchilari ko‘nglini manzur etdi.

Loyiha qiymati 33 millard so‘m. Ushbu manzilda qad rostlayotgan 150 o‘rinli O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyotiga ixtiloslashgan ijod maktab-internati me’moriy jihatdan mamlakatimizdagi eng zamonaviy maktablardan biriga aylanadi. Shu yilning o‘zida eng iqtidorli, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘g‘il qizlar shu maktabda tahsil olishni boshlaydilar

“O‘qituvchi” bredi ostida ishga tushirilgan Guliston shahridagi markaziy kitob do‘koni ham 5 ta tashabbus ijrosi doirasida yoshlar kitobxonligini oshirish, kitobga yoshlikdan mehr-muhabbat uyg‘otish viloyatda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini asoslaydi. Did bilan terib qo‘yilgan, yangi chop etilgan kitoblar hech bir o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Yana markaziy do‘kon “BOOK kafeg” ham ega.

Darhaqiqat, inson ongu tafakkurida kitobning roli beqiyos. Zero, ma’naviyat yuksalsa, mamlakat ham yuksaladi. Ilm yangiliklarga, yangi g‘oyalarga, faollikka yo‘l ochadi.

 

Bozorboy BEKMURODOV.