JURNALISTLIK FAOLIYaTINI HIMOYa QILISh TO‘G‘RISIDA

2019-08-12T11:48:04+05:0031 July, 2019|Sohaga oid qonunlar|

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

JURNALISTLIK FAOLIYaTINI HIMOYa QILISh TO‘G‘RISIDA

Oldingi tahrirga qarang.

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi jurnalistlik faoliyatini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

Oldingi tahrirga qarang.

2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

Oldingi tahrirga qarang.

3-modda. Jurnalist

Jurnalist mehnatga oid yoki boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va materiallarni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash hamda tarqatishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir.

(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

Oldingi tahrirga qarang.

4-modda. Senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining senzura qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emas.

(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

5-modda. Jurnalistning huquqlari

Jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida:

Oldingi tahrirga qarang.

axborotni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish;

(5-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish;

(5-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

jurnalist tekshiruvi o‘tkazish;

o‘zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qo‘yib tarqatish, ularda o‘z fikr-mulohazasini ifodalash;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lish;

(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo‘lish;

ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish;

sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo‘lish;

e’lon qilishga tayyorlangan ma’lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish;

basharti qonunni buzishga olib keladigan bo‘lsa, ommaviy axborot vositasi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish;

o‘zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan degan fikrga kelsa, unga imzo qo‘ymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab etish;

axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish;

taqdim etgan xabarining mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e’lon qilishi oqibatida o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali talab qilish;

jamoat birlashmalariga, shu jumladan jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish huquqlariga ega.

Jurnalist o‘ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.

6-modda. Jurnalistning majburiyatlari

O‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist:

qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga rioya etishi;

o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi;

aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga amal qilishi;

Oldingi tahrirga qarang.

jurnalistika sohasining sirini oshkor etmasligi;

jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishi;

(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Jurnalist o‘z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarni e’lon qilishi, shuningdek audio va video yozish vositalaridan foydalanishi mumkin emas.

Jurnalist qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi shart.

7-modda. Jurnalistika sohasining siri

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolar yoki boshqa axborot manbalari tomonidan o‘z nomini oshkor etmaslik sharti bilan ixtiyoriy ravishda ma’lum qilingan maxfiy xabar, shuningdek fakt yoki voqealar jurnalistika sohasining siri hisoblanadi.

(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

Jurnalistning jurnalistika sohasining siri hisoblanadigan ma’lumotlarni bu ma’lumotlar manbaining roziligisiz oshkor etishi, shuningdek ulardan o‘zining g‘arazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab foydalanishi taqiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

71-modda. Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari

Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistning shaxsiga va o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida uning xulq-atvoriga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi qoidalar majmuidan iboratdir.

Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistlarning va ommaviy axborot vositalarining birlashmalari tomonidan belgilanadi.

(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

8-modda. Jurnalistning daxlsizligi

Jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.

Tanqidiy materiallar e’lon qilganligi uchun jurnalistni ta’qib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

9-modda. Jurnalist tekshiruvi

Jurnalist axborot to‘plash va tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.

Jurnalist o‘z tekshiruvlarining natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga, ularni davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Jurnalist tekshiruvi davrida u qo‘lga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi mumkin emas.

10-modda. Jurnalistning kasbiga doir faoliyati kafolatlari

Jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo‘riqlanadi.

Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlaydi.

Jurnalistning jurnalistlik faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida olgan biror bir ma’lumotni talab etish taqiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

11-modda. Jurnalistni akkreditatsiya qilish

Jurnalist davlat organi, jamoat birlashmasi va tashkilot huzurida akkreditatsiya qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining jurnalisti xorijiy davlatda akkreditatsiya qilinishi mumkin.

Chet el jurnalisti O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilinishi mumkin.

Akkreditatsiya qilingan jurnalist:

bo‘lib o‘tadigan ochiq hay’at majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar to‘g‘risida oldindan axborot olish;

akkreditatsiya qiluvchi organning binolariga (xonalariga) va boshqa ob’ektlariga akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda kirish;

ochiq hay’at majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda hozir bo‘lish;

akkreditatsiya qiluvchi organning mas’ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so‘rash hamda olish, ommaviy tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish hamda ulardan ko‘chirma nusxalar olish;

olingan yozuvlardan ommaviy axborot vositalari materiallarini tayyorlashda foydalanish huquqiga ega.

Akkreditatsiya qilingan jurnalist qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

LexUZ sharhi

Chet el jurnalistini akkreditatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 24 fevraldagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalar bilan tartibga solinadi.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi jurnalistining chet eldagi va chet el jurnalistining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasining jurnalisti chet elda jurnalistlik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining va o‘zi akkreditatsiya qilingan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan chet el jurnalisti axborot to‘plash va tarqatishda O‘zbekiston Respublikasi jurnalisti bilan teng huquqlarga ega.

Chet el jurnalisti O‘zbekiston Respublikasi hududida jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya etishi shart.

13-modda. Chet el jurnalisti akkreditatsiyasining bekor qilinishi

Chet el jurnalisti ushbu Qonunni, boshqa qonun hujjatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini buzgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uning akkreditatsiyasini bekor qilishi mumkin.

Chet el jurnalisti o‘zining O‘zbekiston Respublikasidagi akkreditatsiyasini bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chiqargan qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

14-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari:

senzura qilganlik;

jurnalist o‘z kasbiga doir qonuniy faoliyatni amalga oshirishiga akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo‘rin bekor qilish yo‘li bilan to‘sqinlik qilganlik;

jurnalistning so‘rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzganlik;

jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik;

jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yganlik;

axborot manbaini yoki muallif nomini uning roziligisiz oshkor etganlik uchun javobgarlikka tortiladilar.

Jurnalistning ushbu Qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning jurnalistlik kasbiga doir faoliyati bilan bog‘liq holda sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

15-modda. Jurnalistning javobgarligi

Jurnalist o‘zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo‘lishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.

LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat va haqorat qilganlik, shuningdek, raqobatchini obro‘sizlantirganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139, 140 va 192-moddalari.

Oldingi tahrirga qarang.

Jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar bo‘lmaydi:

agar bu ma’lumotlar rasmiy xabarlardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki rasmiy statistika hisobotlari ma’lumotlaridan yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari orqali, shuningdek ularning rasmiy veb-saytlaridan olingan bo‘lsa;

agar bu ma’lumotlar oldindan yozib olinmasdan efirga beriladigan mualliflik chiqishlarida mavjud bo‘lsa yoki chiqishlarning so‘zma-so‘z takrorlanishi (stenografiya, audio-, videoyozuvi) bo‘lsa.

(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1997 yil 24 aprel,

402-I-son

 

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 4-5-son, 110-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)