Beruniy ALIMOV: «Hurriyat» gazetasiga katta rahmat

2019-08-12T11:49:20+05:0015 July, 2019|Umumiy yangiliklar|

Ustozlarim oldin «jurnalistikaning noni qattiq bo‘ladi» deyishsa etibor bermasdim. Bu masala meni hech qachon jiddiy o‘ylantirmagan.

Shukrki, sohada o‘tayotgan 26 yilllik davr davomida qora qozonimiz har tugul qaynamay qolmadi.

Bir maqola uchun 2.5 u.ye. olgan payt ham, 2750 u.ye. olgan paytimiz ham bo‘ldi.

Paxta dalasida eski eshak aravada qorli kunlarda ham yurdik. Tilla suvi yuritilgan Qirolicha karetasida London ko‘chalaridan o‘tayotib, minglab odamlar olqishlarini ham ko‘rdik.

Sovuq, zax, tomi qiyshiq kulbamizda qattiq nonni suvga botirib yegan payt ham, turli mamlakatlarning podshohu malikalari saroylarida frak kiyib, burbon ichgan paytlarimiz ham bo‘ldi.

Bugun esa men uchun tarixiy kun — «Hurriyat» gazetasi tomonidan e’lon qilingan “Harakatlar strategiyasi: taraqqiyot va demokratiya poydevori” mavzuidagi eng yaxshi materiallar tanlovida g‘olib deb topishibdi. Ish faoliyatim davomida birinchi marta qimmatbaho kitoblar va kompyuter jamlanmasi oldim.

To‘g‘ri, ijodni moddiy rag‘bat uchun qilib bo‘lmaydi. Lekin quvonchim cheksiz. «Hurriyat» gazetasiga katta rahmat.