Futbol sharhlovchisi O‘FA matbuot va media departamenti direktori lavozimiga tayinlandi

2019-08-12T11:49:26+05:0010 July, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV bilan ishini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, matbuot va media departamenti ish faoliyatini yaxshilash, terma jamoalar va milliy futbolimizga oid yangilik va xabarlarning tezkorlik bilan xolis tarzda yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida O‘FA matbuot va media departamentiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Endilikda taniqli sharhlovchi, o‘zbek jurnalistikasida o‘z o‘rniga ega, xususan sport jurnalistikasida nom qozongan Davron Fayziyev O‘FA matbuot va media departamentiga rahbarlik qiladi.

“O‘zbek futbolini rivojlantirish yo‘lida O‘FAning har bir departamentida o‘z ishining professionallari faoliyat olib borishi talab etiladi. Shu boisdan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV va muxlislar bilan o‘zaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqilishi, turli yoshdagi terma jamoalarimizning faoliyati to‘liq xamda keng yoritilishini ta’minlashda ushbu sohaning yetuk mutaxassislaridan biri sanaluvchi Davron Fayziyevga ishonch bildiramiz”, – deya ta’kidladi O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov.