Mamlakatimiz delegatsiyasi OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada ishtirok etadi

2019-08-12T11:49:27+05:0010 July, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 9-12 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘ladi va London shahrida OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada ishtirok etadi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif dasturi doirasida mamlakatimiz delegatsiyasining Buyuk Britaniya rasmiy shaxslari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi ham rejalashtirilmoqda.