“Yuksalish” umummilliy harakatining o‘quvi Qarshi shahriga ko‘chdi

2019-08-12T11:49:28+05:005 July, 2019|Umumiy yangiliklar|

“Yuksalish” umummilliy harakati Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “O‘zbekistonda jurnalistika sohasida xalqaro etika standartlarini rivojlantirish” loyihasi asosida hududlarda seminar-treninglar o‘tkazayotgani haqida avval xabar bergan edik. Anashunday o‘quvlarning navbatdagisi bugun Qarshi shahrida boshlandi.

Unda Surxondaryo, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlaridan taklif etilgan jurnalistlar va bloggerlar ishtirok etmoqda.

Treningda ishtirokchilarga malakali mutaxassislar tomonidan «Jurnalistlar kasb etikasi kodeksi loyihasi muhokamasi», «Tahliliy jurnalistika asoslari» mavzularida kengroq ma’lumotlar berilmoqda. Anjuman 6 iyulgacha davom etadi.

Mastura HAMROYEVA.