Jurnalistlar «Huawei»ga taklif etildi

2019-08-12T11:49:28+05:005 July, 2019|Umumiy yangiliklar|

«Huawei Uzbekistan» kompaniyasi o‘zining eng ilg‘or va so‘nggi texnologiyalari hamda echimlari, O‘zbekistonda amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishtirish uchun jurnalistlarni Toshkentdagi Innovatsion va integratsion echimlar bo‘yicha mijozlar markazi (SSIC)ga taklif etdi.

Dastlab jurnalistlar uchun kompaniya ishlanmalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. eng so‘nggi modelь smartfonlari, 5G texnologiyalari, data-markazlar, mediavositalar haqida mutaxassislar so‘zlab berishdi.

Smartfonlardan telekommunikatsiya qurilmalarigacha, Narsalar interneti (IoT)dan 5G texnologiyalarigacha, buyog‘i sun’iy intellekt (AI), «xavfsiz shahar» deysizmi, xullas, bu kompaniya kirib bormagan soha yo‘q. Shunchaki «kirib borish» boshqa, etakchilar qatoriga kirish esa alohida masala.