Bosh prokuratura matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

2019-08-12T11:49:28+05:005 July, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Shamsutdinov Hayot Nematovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozimda bungacha Surayyo Rahmonova ishlab kelayotgan edi.

Surayyo Rahmonova kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.