Hokim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist unvoni bilan taqdirlangan Xolida Pardaboyevani tabrikladi

2019-08-12T11:49:32+05:001 July, 2019|Umumiy yangiliklar|

27 iyun – Matbuot va ommaviy axvorot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra bir guruh soha xodimlarini unvon, orden va medallar bilan mukofotladilar. Taqdirlanganlar orasida “Sirdaryo haqiqati” gazetasining Ma’naviyat bo‘limi mudiri, tajribali va fidoyi jurnalist Xolida Pardaboyeva “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoniga loyiq topildi.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev X.Pardaboyevani yuksak mukofot bilan qutladi. Uning 42 yillik jurnalistika sohasidagi mehnat faoliti davomida viloyat ma’naviy –ma’rifiy hayotini aks ettirgan turli mavzudagi publitsistik maqolalari, ocherk va lavhalari matbuotda muntazam yoritilayotganligini e’tirof etdi.

— Bu mukofot Sirdaryo ahliga, sirdaryolik jurnalistlarga Prezidentimizning cheksiz hurmati hamda viloyatda ulkan bunyodkorlik ishlari, o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani davlatimiz rahbari tomonidan e’tirof etilayotganinini yaqqol namunasidir, Yespublikasi Bo RRerrdaryoliklarrdaryoliklar- dedi viloyat hokimi G‘.Mirzayev.

—Taqdimot tadbirida Muhtaram Yurtboshimizning soha xodimlariga tabrigini tinglab bizga bildildirilgan katta ishonch, ko‘rsatilgan cheksiz hurmat va ehtiromdan qalbim g‘ururga, quvonchga to‘ldi, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Xolida Pardaboyeva.— Yana bir men uchun quvonchlisi bu mukofotlanganlar nomidan birinchi bo‘lib menga so‘z berilganidir. Men Yurtboshimizga o‘z tashakkurimni bildirish bilan birga, Muhtaram Prezidentimizning viloyatimizga kelganlarida beshta muhim tashabbusni tilga olganliklari, “Sirdaryo namunasi” bo‘lishini ta’kidlaganliklarini, bu ishonch sirdaryoliklarga qanot, umid, g‘ayrat va shijoat bag‘ishlagani, ayni vaqtda Sirdaryo ahli shu tashabbus va to‘lqin ichida yashab, mehnat qilayotgani, jurnalistlar ham bu jarayonni keng yoritayotganini haqida gapirdim. Prezidentimiz tuhfasi, ya’ni kitoblar karvoni Sirdaryoga kelgani, ular har bir mahallaga, xonadon, maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalariga kirib borgani, yoshlarning kitoblarga qiziqishlari ortayotgani haqida gapirdim. Shuningdek, turli tadlbirlar tashkil etilayotgani, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi bunyod etilayotganini quvonch bilan so‘zladim. Bundan buyon ham viloyatimizdagi muhim yangiliklar, ulkan bunyodkorlik ishlari , jo‘shqin jaroyonlar haqida yanada o‘qimishli maqolalar,ocherk publitsistik materiallar yozishga intilaman.

Tadbirda viloyat hokimi tomonidan X.Pardaboyevaga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

Xolida Pardabayeva