Prezidentimizning asarlari va ma’ruzalaridan olingan fikrlar jamlanmasidan iborat “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

2019-08-12T11:50:13+05:001 July, 2019|Umumiy yangiliklar|

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida 2018-2019 yillar davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan “Saodat yo‘li” rukni ostida chop etilgan turkum kitoblar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalaridan olingan fikrlar jamlanmasidan iborat “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda, yoshlar ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni asrlar davomida sayqallanib kelgan hayotiy hikmatlar bilan boyitilgan kitoblar mutolaasiga jalb qilish maqsadida “Yoshlarga donolar o‘giti”, “Boshqaruv hikmati” va “Qarisi bor uyning — parisi bor” kabi nodir kitoblar yoshlar va yig‘ilganlarga tanishtirildi.