Faoliyatimizga berilgan yuksak e’tirof uchun minnatdormiz

2019-08-12T11:50:14+05:0028 June, 2019|Umumiy yangiliklar|

Bu mukofot Xalqaro Press Klubning sayyor sessiyalari, tahlil, tanqid, xalq bilan muloqot uchun berilgan katta baho. Bu bir o‘zimning yutug‘im emas, bu butun jamoaning yutug‘i, mamlakatimizdagi barcha erkin jurnalistlarning, «O‘zbekiston 24» telekanalining faoliyatiga berilayotgan alohida e’tibor belgisidir. Shuningdek bu e’tirof Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti uchun ham alohida chorlov.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga yo‘llagan tabriklarida universitet faoliyatiga ham alohida to‘xtalib, oldimizga bir qancha vazifalarni qo‘ydilar. Biz ushbu vazifalarni bajarish uchun bugundanoq kirishishga shaymiz. Faoliyatimizga berilgan yuksak e’tirof uchun minnatdormiz!

Sherzod QUDRATXODJAYeV,

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy

komunikatsiyalar universiteti rektori