150 nafar jurnalistga viloyat hokimining sovg‘alari topshirildi.

2019-08-12T11:50:15+05:0028 June, 2019|Umumiy yangiliklar|

Andijon shahridagi “Yoshlar markazi” majmuasida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari, soha faxriylari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so‘z olib, yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan qutlab, matbuotning jamiyatdagi o‘rni haqida ma’ruza qildi.

Tantanada 150 nafar jurnalistga viloyat hokimining faxriy yorliqlari va planshetlar sovg‘a qilindi.

Bayram tadbiri “Oltin vodiy” tantanalar saroyidagi to‘kin dasturxon ustida davom etdi.

 

Elmurod ERMATOV.

Manba: kun.uz