Namanganda jurnalistlar bayrami munosib o‘tkazildi

2019-08-12T11:50:16+05:0027 June, 2019|Umumiy yangiliklar|

27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Namangan shahridagi “Sherdor” tantanalar uyida bayram marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabrikladi. Shuningdek, u matbuotning va jurnalistlarning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni, axborot makonidagi kurash, bosma nashrlar, internet-jurnalistikasida hamda ijtimoiy tarmoqlarda faollikni yanada oshirish muhim ekanini, xolis va tezkor axborotga talab har qachongidan ham oshib borayotganini ta’kidladi.

Bayramda bir guruh OAV xodimlari va blogerlar viloyat hokimining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.