Taniqli adib va jurnalist Shoyim Bo‘tayev 60 yoshda!

2019-08-12T11:50:21+05:0020 June, 2019|Qutlovlar, Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi taniqli adib va jurnalist «Do‘stlik» ordeni sohibi, «Xalq so‘zi» gazetasi sharhlovchisi Shoyim Bo‘tayevni 60 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Shoyim Bo‘tayev 1959 yil 20 iyunda Tojikiston Respublikasi O‘ratepa tumani, Maydoncha qishlog‘ida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1982 yilda Xo‘jand Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan.

Uning ilk qissasi — «Sirli yulduzlar» 1984 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng yozuvchining «Dunyoning sarhisobi bor» (1988 y.), «Endi bari boshqacha» (1990 y.), «Shamol o‘yini» (1995 y.), «Kunbotardagi bog‘» (1997 y.), «Hayot» (2000 y.), «Ko‘chada qolgan ovoz» (2005 y.) kabi qissa va hikoyalardan iborat to‘plamlari nashr etilgan. «Qo‘rg‘onlangan oy» (1996 y.), «Shox» (2007 y.) kabi romanlar va qator teleseriallar muallifi.

2001 yilda davlatimiz tomonidan «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.