O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi jamoasi Uyushma raisi o‘rinbosari Salimov Xolmurod Xo‘jayevichni tavallud topgan kuni bilan muborakbod etadi.

2019-08-12T11:50:22+05:0020 June, 2019|Qutlovlar, Umumiy yangiliklar|

Xolmurod Salimov 1974 yil 20 iyunda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek, partiyasiz. Ma’lumoti – oliy.

1998 yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiya fakulteti qoshida ochilgan jurnalistika bo‘limini tamomlagan. Rus tilini biladi.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Samarqand shahridagi 53-maktabda (o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha) o‘qituvchilikdan boshlagan.

1999 yili Navoiy viloyati teleradiokompaniyasida muxbir bo‘lib ishlagan. 1999-2003 yillari muddatli va shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tagan.

2003-2015 yillari O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda muxbir, sharhlovchi, maxsus muxbir, yetakchi muharrir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2015-2016 yillari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali huzuridagi “Diyor” telekanalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar katta muharrirlari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2011 yili o‘tkazilgan “Vatan aziz, jasorat mangu” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi. Ijodiy ishlari markaziy gazeta va jurnallarda chop etib kelinmoqda, shuningdek, turli to‘plamlarga, xususan, 2019 yilning may oyida nashrdan chiqqan “Ommaviy axborot vositalarida til, uslub va tahrir masalalari” to‘plamiga kiritilgan.

2016-2018 yillari «Toshkent haqiqati» gazetasining ijtimoiy-iqtisodiy hayot bo‘limi mudiri, «Toshkent haqiqati» va “Tashkentskaya pravda” gazetalari bosh muharrir 1- o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yil 14 maydan buyon O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.