Fikrlar2018-12-14T12:08:11+05:00

Mahorat nima?

Mahorat – ilm va tajriba, faqat mehnat bilan qo‘lga kiritiladi. Jurnalistning mahorati qaysi holatlarda ko‘zga tashlanadi?
– Mavzu va janr tanlashida,
– maqsadni aniq qo‘ya olishida,
– qiyos va tahlildan foydalanishida,
– xarakterli misol ishlatishida,
– xulosa yoki taklif ayta bilishida,
– va nihoyat, jumla tuzishda, so‘zlarni o‘rinli ishlatishida.
Unutmang, mahorat yaxshi xulq, yuksak ma’naviyat, samimiyat tufayligina boshqalarga manzur bo‘lishi mumkin.

Farmon Toshev